DIQQAT, TANLOV!!!

Berdaq  nomidagi  Qoraqalpoq davlat universiteti rektorati talaba yoshlar orasida  «Mening Vatanim-mening faxrim» nomli onlayn ijodkorlik  tanlovini e’lon qiladi.

Aziz, talaba-yoshlar!

O’z Ona-Vatanimizning, tug’ilib  o’sgan  yurtimizni  o’z  ijodingiz  orqali ta’riflashni  xohlaysizmi?!   Buning  uchun  talaba-yoshlar  orasida e’lon  qilingan  «Mening Vatanim-mening  faxrim»  nomli  4 ta nominatsiya  bo’yicha  onlayn  ijodiy  tanlovida  ishtirok  eting  va  mukofatga  ega  bo’ling!  Imkoniyatni  qoldan chiqarmang, bosh  vaqtingizdan  samarali  foydalaning!

 

«Mening Vatanim-mening faxrim» nomli  onlayn  ijodiy  tanlovini o’tkazish tartibi:

 

Tanlovning  maqsadi  va  vazifalari

Talabalarning  intelektual  potensial, ma’naviy,  odob-axloq  madaniyatini  va Vatanparvarlik  tuyg’ularin  rivojlantirishga  yordam  beruvchi  muhitni yaratishdan  iborat. Shuningdek, har tomonlama  rivojlangan  va  mas’ulyatli shaxsni  shakllantirish  g’oyasini  ilgari  surish  talab  qilinadi.

 

Tanlov quyidagi 4 ta nominatsiya bo’yicha o’tkaziladi va har bir nominatsiya qatnashuvchilari alohida baholanadi;

   

 1-NOMINATSIYA:«Eng  yaxshi  she’r» bo’yicha:

Bunda ishtirokchi «Mening Vatanim –  mening faxrim» degan mavzuda

she’r yozishlari kerak;

«Eng yaxshi she’r»  nominatsiyasi quyidagi talablarda (umumiy 25 ball) baholanadi;

  1. 1. Yaratilgan she’r g’oyasining yuqoriligi ham badiiy mazmuning chuqurligi – 5 ball;
  2. Badiiyligi (badiiy tasvirlash vositalari va usullarini qo’llash o’zgachaligi, she’rni tuzishdagi  mohirligi) – 5 ball;
  3. O’ziga xos ijod yo’li – 5 ball;
  4. She’r matnining uslubiy va gramatik jihatdan  tog’ri yozilishi – 5 ball;
  5. Ifodali o’qish mohorati (talabaning o’zi yaratgan she’rini badiiy va ifodali o’qish mohorati) – 5 ball

Tanlovga  taqdim  etilgan ijodiy ishlari  (o’zbek lotincha, qoraqalpoq lotincha, rus krillcha, tillarida) yozuvlarida qabul qilinadi.

Yaratilgan  she’rlarni  onlayn  topshirish, Word da yozilgan elektron va talabaning  o’z  she’rini  badiiy va ifodali  qilib  o’qib  tushirilgan  video lavha.

 

   

 2-NOMINATSIYA: «Eng yaxshi esse» bo’yicha:

Bunda ishtirokchi  «Mening Vatanim – mening faxrim» degan  mavzuda esse yozishlari kerak.

Esse  bu  qandaydir  bir  voqea  yoki  masala bo’yicha  individual ko’zqarashlar, o’y  fikr va  xulosani o’zida  aks  etiruvchi  kichik  hajmdagi  erkin  pozitsiyaga ega bo’lgan  shaxsning  ichki  olamin o’chib beruvchi adabiy asar. Esse erkin ijodkorlikni anglatadi.

«Eng yaxshi esse» nominatsiyasi  quyidagi  talablarda  baholanadi.Jami:60 ball.

  1. Muallifning essesining mavzu bilan bog’liqligi. 5 – ball
  2. Essening o’zlashtirma emasligi yoki haqiqiyligi. 5 – ball
  3. Muallifning o’z pozitsiyasiga, mustaqil fikrga ega ekanligi. 5 – ball
  4. So’zlarning gramatik bog’liqligi va uslubiy  jihatdan tog’ri qo’llanilishi. 5 – ball
  5. Voqealarning ketma-ketlikda o’zaro  bog’liqligi. 5 – ball
  6. Emotsianal munosabatlarning o’ziga xos tomonlarin ochib berish. 5- ball
  7. Oldindan mavjud bo’lgan steoratiplardan chiqish mahorati yoki noananaviy fikrlash. 5 – ball
  8. Asl g’oyani yuzaga chiqarish. 5 -ball
  9. Esseda tilning badiiy  vositalaridan tog’ri foydalanganligi(qiyoslash, metofora, allegoriya, obraz, ramz va b). 5 ball

10.Essening mantiqiy izshilligining saqlanishi. 5 ball

11.Essening umumiy yozilish mahorati. 5 ball

12.Fikirlarning badiiy  adabiy ko’rinishda berilishi. 5 ball.

Tanlovga taqdim etilgan  ijodiy ishlar (o’zbek lotincha, qoraqalpoq lotincha, rus krillcha, tillarda) yozuvlarida  kompyuter  Word programmasida Times New Roman 14 shriftida, 1 intervalda, chapdan 30 mm, ongdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm orin qoldirib yozilishi shart.

 

3-NOMINATSIYA:«Vatan sog’inchi» rassomlik san’ati bo’yicha:

Bunda ishtirokchi «Mening Vatanim – mening faxrim» mavzusida talabalar tomonidan (grafika,akvarel,guash) yo’nalishida rasm chizish va o’zlarining ijodiy ishlari orqali o’z mahoratini  ko’rsatib berishlari kerak.

Bu shart quydagicha (umumiy 20 ball) baholanadi:

  1. Tasvirning matiqiyligi,ishtirokchining dunyoqarashi,fikrlash doirasi va diqqatini bir joyga toplay olish xususiyati – 5 ball;
  2. Rasmning o’ziga xosligi,boshqa rasmlardan ajralib turishi – 5 ball;
  3. Rasmning mazmuni,uning yoqoridagi mavzular bo’yicha tog’ri kelishi, unga bog’liqligini ko’rsatib  berish – 5 ball;
  4. Mavzuni yoritib berishda  ranglardan  foydalanganlik  darajasi va  ijodkorlarning  yoshiga  mos  tanlov – 5 ball;

Taqdim etiladigan rasmlar ko’lami  A3  o’lcham(format)dan kichik bo’lmasligi kerak.Bu nominatsiyada mutaxassislik  emas fakultet talabalari orasida o’tkaziladi.Bunda tanlov  ishtirokchilari  chizgan  rasmlari  ikki tartibda qabul etiladi:

1-Rasm chizayotgan jarayonda sifatli fotosuratlar;

2-Tanlov ishtirokchisining chizgan rasmini qoliga olib tushgan sifatli fotosurati;

3-Rasmning sifatli tushirilgan fotosurati.

 

4-NOMINATSIYA:«Eng yaxshi maqola»bo’yicha:

Bunda ishtirokchi «Mening Vatanim – mening faxrim» degan mavzuda maqola yozishlari kerak;

«Eng yaxshi maqola» nominatsiyasi quyidagi talablarda  (umumiy 25 ball) baholanadi;

  1. mavzuning ma’no-mazmuni toliq ochib berilishi – 5 ball;
  2. ijodiylik ishlarining uslubiy va gramatik tomondan tog’ri yozilganligi – 5 ball;
  3. mavzuni yo’ritishda adabiyotlardan foydalanish darajasi va tahlil qilish hamda erkin fikrlarning aniq bildirilganligi – 5 ball;
  4. mavzuni yo’ritib berishda o’ziga xos ijodiy  jihatlarining aks etganligi – 5 ball;
  5. mavzuni yo’ritishda hayotiy misollardan keng foydalanish – 5 ball;

Tanlovga taqdim etiladigan maqola(o’zbek lotincha,qoraqalpoq lotincha,rus krillcha,tillarda) yozuvlarida 5 betdan kam bo’lmagan holda kompyuter Word Timed New Roman 14 shriftida , 1 intervalda, chapdan 30 mm, ongdan 15 mm, yuqori va pastdan  25 mm orin qoldirib yozilishi shart.

 

Tanlov g’oliblarini aniqlash:

 

Bunda yuqoridagi  har bir nominatsiya bo’yicha tanlov ishtirokchilari  alohida baholanadi va mukofatlanadi.Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan talaba-yoshlarning  ishlari universitet  mutaxassis professor-o’qituvchilar hamda Respublikamizdagi tajriybali soha mutaxassislari  tomonidan ko’rib chiqiladi va belgilangan tartibda baholanadi.Tanlovga ishtirokchilarning ijodiy ishlari 2020-yilning  30-aprel sanasiga qadar qabul qilinadi.

Tanlovda  g’olib  bo’lgan  talabalarni  universitet  rektorati  tomonidan har nominatsiya  bo’yicha   g’oliblar  alohida quyidagicha mukofatlanadi va respublikamizning  gazeta-jurnallari  va  ijtimoiy tarmoqlarida yoritiladi:

1-orin uchun – 400000 (turt yuz ming su’m)

2-orin uchun- 300000 (uch yuz ming su’m)

3-orin uchun- 200000 (ikki yuz ming su’m)

Eslatma:

Tanlov g’oliblarini mamlakatimizda karantin davri nihoyasiga yetgach,on  kun  ichida  tantanali  turda taqdirlanadi.

Ma’lumot uchun telefon:(61)223-59-54,(93) 920-10-09,(90) 652-00-84

Tanlov ishtirokchilari yuqoridagi nominatsiyalar bo’yicha o’z ijodiy ishlarini @qmu_manawiyat_tanlawlar manziliga quydagi tartibda yuborishlari shart:

Masalan: 1-nominatsiya bo’yicha:«Eng yaxshi she’r» uchun, Abdirazakova Patma Salamatdinovna, 1-kurs Matematika mutaxassisligi.

Foydali havolalar