Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektorati talaba yoshlar orasida «Mening Vatanim-mening faxrim» nomli onlayn ijodkorlik tanlovini e’lon qiladi.
Aziz, talaba-yoshlar!
O’z Ona-Vatanimizning, tug’ilib o’sgan yurtimizni o’z ijodingiz orqali ta’riflashni xohlaysizmi?! Buning uchun talaba-yoshlar orasida e’lon qilingan «Mening Vatanim-mening faxrim» nomli 4 ta nominatsiya bo’yicha onlayn ijodiy tanlovida ishtirok eting va mukofatga ega bo’ling! Imkoniyatni qoldan chiqarmang, bosh vaqtingizdan samarali foydalaning!
«Mening Vatanim-mening faxrim» nomli onlayn ijodiy tanlovini o’tkazish tartibi:
Tanlovning maqsadi va vazifalari
Talabalarning intelektual potensial, ma’naviy, odob-axloq madaniyatini va Vatanparvarlik tuyg’ularin rivojlantirishga yordam beruvchi muhitni yaratishdan iborat. Shuningdek, har tomonlama rivojlangan va mas’ulyatli shaxsni shakllantirish g’oyasini ilgari surish talab qilinadi.
Tanlov quyidagi 4 ta nominatsiya bo’yicha o’tkaziladi va har bir nominatsiya qatnashuvchilari alohida baholanadi;
1-NOMINATSIYA:«Eng yaxshi she’r» bo’yicha:
Bunda ishtirokchi «Mening Vatanim – mening faxrim» degan mavzuda
she’r yozishlari kerak;
«Eng yaxshi she’r» nominatsiyasi quyidagi talablarda (umumiy 25 ball) baholanadi;
- 1. Yaratilgan she’r g’oyasining yuqoriligi ham badiiy mazmuning chuqurligi – 5 ball;
- Badiiyligi (badiiy tasvirlash vositalari va usullarini qo’llash o’zgachaligi, she’rni tuzishdagi mohirligi) – 5 ball;
- O’ziga xos ijod yo’li – 5 ball;
- She’r matnining uslubiy va gramatik jihatdan tog’ri yozilishi – 5 ball;
- Ifodali o’qish mohorati (talabaning o’zi yaratgan she’rini badiiy va ifodali o’qish mohorati) – 5 ball
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlari (o’zbek lotincha, qoraqalpoq lotincha, rus krillcha, tillarida) yozuvlarida qabul qilinadi.
Yaratilgan she’rlarni onlayn topshirish, Word da yozilgan elektron va talabaning o’z she’rini badiiy va ifodali qilib o’qib tushirilgan video lavha.
2-NOMINATSIYA: «Eng yaxshi esse» bo’yicha:
Bunda ishtirokchi «Mening Vatanim – mening faxrim» degan mavzuda esse yozishlari kerak.
Esse bu qandaydir bir voqea yoki masala bo’yicha individual ko’zqarashlar, o’y fikr va xulosani o’zida aks etiruvchi kichik hajmdagi erkin pozitsiyaga ega bo’lgan shaxsning ichki olamin o’chib beruvchi adabiy asar. Esse erkin ijodkorlikni anglatadi.
«Eng yaxshi esse» nominatsiyasi quyidagi talablarda baholanadi.Jami:60 ball.
- Muallifning essesining mavzu bilan bog’liqligi. 5 – ball
- Essening o’zlashtirma emasligi yoki haqiqiyligi. 5 – ball
- Muallifning o’z pozitsiyasiga, mustaqil fikrga ega ekanligi. 5 – ball
- So’zlarning gramatik bog’liqligi va uslubiy jihatdan tog’ri qo’llanilishi. 5 – ball
- Voqealarning ketma-ketlikda o’zaro bog’liqligi. 5 – ball
- Emotsianal munosabatlarning o’ziga xos tomonlarin ochib berish. 5- ball
- Oldindan mavjud bo’lgan steoratiplardan chiqish mahorati yoki noananaviy fikrlash. 5 – ball
- Asl g’oyani yuzaga chiqarish. 5 -ball
- Esseda tilning badiiy vositalaridan tog’ri foydalanganligi(qiyoslash, metofora, allegoriya, obraz, ramz va b). 5 ball
10.Essening mantiqiy izshilligining saqlanishi. 5 ball
11.Essening umumiy yozilish mahorati. 5 ball
12.Fikirlarning badiiy adabiy ko’rinishda berilishi. 5 ball.
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar (o’zbek lotincha, qoraqalpoq lotincha, rus krillcha, tillarda) yozuvlarida kompyuter Word programmasida Times New Roman 14 shriftida, 1 intervalda, chapdan 30 mm, ongdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm orin qoldirib yozilishi shart.
3-NOMINATSIYA:«Vatan sog’inchi» rassomlik san’ati bo’yicha:
Bunda ishtirokchi «Mening Vatanim – mening faxrim» mavzusida talabalar tomonidan (grafika,akvarel,guash) yo’nalishida rasm chizish va o’zlarining ijodiy ishlari orqali o’z mahoratini ko’rsatib berishlari kerak.
Bu shart quydagicha (umumiy 20 ball) baholanadi:
- Tasvirning matiqiyligi,ishtirokchining dunyoqarashi,fikrlash doirasi va diqqatini bir joyga toplay olish xususiyati – 5 ball;
- Rasmning o’ziga xosligi,boshqa rasmlardan ajralib turishi – 5 ball;
- Rasmning mazmuni,uning yoqoridagi mavzular bo’yicha tog’ri kelishi, unga bog’liqligini ko’rsatib berish – 5 ball;
- Mavzuni yoritib berishda ranglardan foydalanganlik darajasi va ijodkorlarning yoshiga mos tanlov – 5 ball;
Taqdim etiladigan rasmlar ko’lami A3 o’lcham(format)dan kichik bo’lmasligi kerak.Bu nominatsiyada mutaxassislik emas fakultet talabalari orasida o’tkaziladi.Bunda tanlov ishtirokchilari chizgan rasmlari ikki tartibda qabul etiladi:
1-Rasm chizayotgan jarayonda sifatli fotosuratlar;
2-Tanlov ishtirokchisining chizgan rasmini qoliga olib tushgan sifatli fotosurati;
3-Rasmning sifatli tushirilgan fotosurati.
4-NOMINATSIYA:«Eng yaxshi maqola»bo’yicha:
Bunda ishtirokchi «Mening Vatanim – mening faxrim» degan mavzuda maqola yozishlari kerak;
«Eng yaxshi maqola» nominatsiyasi quyidagi talablarda (umumiy 25 ball) baholanadi;
- mavzuning ma’no-mazmuni toliq ochib berilishi – 5 ball;
- ijodiylik ishlarining uslubiy va gramatik tomondan tog’ri yozilganligi – 5 ball;
- mavzuni yo’ritishda adabiyotlardan foydalanish darajasi va tahlil qilish hamda erkin fikrlarning aniq bildirilganligi – 5 ball;
- mavzuni yo’ritib berishda o’ziga xos ijodiy jihatlarining aks etganligi – 5 ball;
- mavzuni yo’ritishda hayotiy misollardan keng foydalanish – 5 ball;
Tanlovga taqdim etiladigan maqola(o’zbek lotincha,qoraqalpoq lotincha,rus krillcha,tillarda) yozuvlarida 5 betdan kam bo’lmagan holda kompyuter Word Timed New Roman 14 shriftida , 1 intervalda, chapdan 30 mm, ongdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm orin qoldirib yozilishi shart.
Tanlov g’oliblarini aniqlash:
Bunda yuqoridagi har bir nominatsiya bo’yicha tanlov ishtirokchilari alohida baholanadi va mukofatlanadi.Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan talaba-yoshlarning ishlari universitet mutaxassis professor-o’qituvchilar hamda Respublikamizdagi tajriybali soha mutaxassislari tomonidan ko’rib chiqiladi va belgilangan tartibda baholanadi.Tanlovga ishtirokchilarning ijodiy ishlari 2020-yilning 30-aprel sanasiga qadar qabul qilinadi.
Tanlovda g’olib bo’lgan talabalarni universitet rektorati tomonidan har nominatsiya bo’yicha g’oliblar alohida quyidagicha mukofatlanadi va respublikamizning gazeta-jurnallari va ijtimoiy tarmoqlarida yoritiladi:
1-orin uchun – 400000 (turt yuz ming su’m)
2-orin uchun- 300000 (uch yuz ming su’m)
3-orin uchun- 200000 (ikki yuz ming su’m)
Eslatma:
Tanlov g’oliblarini mamlakatimizda karantin davri nihoyasiga yetgach,on kun ichida tantanali turda taqdirlanadi.
Ma’lumot uchun telefon:(61)223-59-54,(93) 920-10-09,(90) 652-00-84
Tanlov ishtirokchilari yuqoridagi nominatsiyalar bo’yicha o’z ijodiy ishlarini @qmu_manawiyat_tanlawlar manziliga quydagi tartibda yuborishlari shart:
Masalan: 1-nominatsiya bo’yicha:«Eng yaxshi she’r» uchun, Abdirazakova Patma Salamatdinovna, 1-kurs Matematika mutaxassisligi.