15-16 yanvar kunlari Xalqaro suv botqoq qushlari sanog’i kuni munosabati bilan Nukus shahrida joylashgan Ashshiko’l va Qo’sko’l ko’llariga ekispeditsiya tashkil qilindi. Ekspeditsiya Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Biologiya fakulteti dekani b.f.d. Ya.Ametov, Otus talabalar ornitologik klubi rahbari PhD I.Arepbaev, O’Z.R.I.A.QQ bo’limi kichik ilmiy xodimi G.Matekova, professor o’qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar qatnashdi.
Ekspeditsiya daslab Ashshiko’l ko’lidan boshlandi. Ashshiko’l ko’lida olib borilgan ornitologik kuzatishlar natiyjasida 18 turdagi 1074 qush ro’yxatga olindi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Ashshiko’l ko’lida kuztish vaqtida O’zbekistan Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Oqqush Cygnus olor qushining ikki osobi ro’yxatga olindi.
Ekspeditsiyaning davomi Nukus shahrida joylashgan Qo’sko’l ko’lida olib borildi. Qo’sko’l ko’lida olib borilgan kuzatishlar natiyjasida 8 turdagi 138 qush ro’yxatga olindi.






Islambek Arepbaev
OTUS talabalar ornitologik klubi rahbari