15-16 yanvar Xalqaro suv botqoq  qushlari sanog’i kuni

15-16 yanvar  kunlari  Xalqaro suv botqoq qushlari sanog’i kuni munosabati  bilan Nukus shahrida joylashgan  Ashshiko’l  va  Qo’sko’l  ko’llariga ekispeditsiya tashkil qilindi. Ekspeditsiya Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Biologiya fakulteti dekani b.f.d. Ya.Ametov, Otus talabalar ornitologik klubi rahbari  PhD  I.Arepbaev, O’Z.R.I.A.QQ  bo’limi kichik ilmiy xodimi G.Matekova, professor o’qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar qatnashdi.

 Ekspeditsiya daslab Ashshiko’l  ko’lidan boshlandi. Ashshiko’l ko’lida olib borilgan  ornitologik kuzatishlar natiyjasida 18 turdagi 1074 qush ro’yxatga olindi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Ashshiko’l ko’lida kuztish vaqtida  O’zbekistan Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan  Oqqush  Cygnus olor qushining ikki osobi ro’yxatga olindi.

Ekspeditsiyaning davomi  Nukus shahrida joylashgan Qo’sko’l ko’lida olib borildi. Qo’sko’l ko’lida olib borilgan kuzatishlar natiyjasida 8 turdagi 138 qush ro’yxatga olindi.

 

Islambek Arepbaev

OTUS talabalar ornitologik klubi rahbari

Foydali havolalar