AXBOROT  XATI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI O‘ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN AXBOROT  XATI

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-yil 7-martdagi 2022-yilga mo‘ljallangan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari sohasidagi ilmiy-texnik anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi №101-F-sonli farmoyishiga muvofiq, 2022-yil 24-noyabr kuni Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida “TURKIY TILLARNING RIVOJLANISHI VA TADQIQINING DOLZARB MASALALARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Ilmiy-amaliy anjuman yo‘nalishlari:   

  • Zamonaviy turkiyshunoslik tadqiqotlar markazida.
  • Turkiy tillar tadqiqining nazariy va amaliy asoslari.
  • Zamonaviy tilshunoslikda til va madaniyat yaxlitligi.
  • Turkiy tillararo tarjima muammolari.
  • Til o‘qitishning umummetodologik tamoyillari.

Anjumanning ishchi tillari: barcha turkiy tillar, rus va ingliz.

Maqolalarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:

– maqola matni tahrir qilingan va tegishli sho‘balarning nomi ko‘rsatilgan holda A4 kattalikdagi qog‘ozda, qatorlar orasi 1,5 interval holda, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirilib rasmiylashtiriladi, maqolalar qog‘ozda va elektron variantda qabul qilinadi;

– maqola matni sahifalanmagan bo‘lib, uning elektron nusxasi Microsoft Word muharririda Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda bo‘lishi lozim;

– maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi, bir qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, sharifi, tashkilot nomi ko‘rsatiladi, matn oxirida foydanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi;

– maqolada ko‘rsatilgan faktlarning to‘g‘riligi va ishonchliligiga shaxsan mualliflar javobgar, ilmiy anjuman tahrir hay’ati maqola va tezislarni tahrir qilish huquqiga ega;

– fayl nomi tashkilot nomi va muallif familiyasi bilan (masalan, muallif Qoraqalpoq davlat universitetidan  bo‘lsa «QQDU, N.Qilichov” tarzida) nomlanishi lozim;

– annotatsiya va kalit so‘zlar o‘zbek, rus ingliz tillarida yozilishi shart.

Anjuman materiallari ilmiy to‘plami universitet elektron manziliga joylashtiriladi va maqola mualliflariga yuboriladi.

Maqolalarni qabul qilish muddati: 2022-yil 5-noyabrga qadar.

Anjumanni o‘tkazish sanasi: 2022yil 24noyabr.

Anjumanda bevosita va masofadan ishtirok etish mumkin.

TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:

Nukus shahri, Ch.Abdirov ko‘chasi, 1-uy, Qoraqalpoq davlat universiteti, Oʻzbek filologiyasi fakulteti.

Anjuman tashkilotchisi: Oʻzbek filologiyasi fakulteti.

Maqolalarni quyidagi elektron manzillariga yuborish mumkin: nkilichovr@mail.ru, zamira7070@mail.ru.

Telefon raqamlari: +99897787-92-97 (telegram, N.Kilichov).

+99891393-31-40 (telegram, Z.Ibragimova).

Anjuman haqidagi ma’lumotlar bilan old.karsu.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin.         

 

Foydali havolalar