O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI O‘ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-yil 7-martdagi 2022-yilga mo‘ljallangan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari sohasidagi ilmiy-texnik anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi №101-F-sonli farmoyishiga muvofiq, 2022-yil 24-noyabr kuni Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida “TURKIY TILLARNING RIVOJLANISHI VA TADQIQINING DOLZARB MASALALARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Ilmiy-amaliy anjuman yo‘nalishlari:
- Zamonaviy turkiyshunoslik tadqiqotlar markazida.
- Turkiy tillar tadqiqining nazariy va amaliy asoslari.
- Zamonaviy tilshunoslikda til va madaniyat yaxlitligi.
- Turkiy tillararo tarjima muammolari.
- Til o‘qitishning umummetodologik tamoyillari.
Anjumanning ishchi tillari: barcha turkiy tillar, rus va ingliz.
Maqolalarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:
– maqola matni tahrir qilingan va tegishli sho‘balarning nomi ko‘rsatilgan holda A4 kattalikdagi qog‘ozda, qatorlar orasi 1,5 interval holda, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirilib rasmiylashtiriladi, maqolalar qog‘ozda va elektron variantda qabul qilinadi;
– maqola matni sahifalanmagan bo‘lib, uning elektron nusxasi Microsoft Word muharririda Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda bo‘lishi lozim;
– maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi, bir qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, sharifi, tashkilot nomi ko‘rsatiladi, matn oxirida foydanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi;
– maqolada ko‘rsatilgan faktlarning to‘g‘riligi va ishonchliligiga shaxsan mualliflar javobgar, ilmiy anjuman tahrir hay’ati maqola va tezislarni tahrir qilish huquqiga ega;
– fayl nomi tashkilot nomi va muallif familiyasi bilan (masalan, muallif Qoraqalpoq davlat universitetidan bo‘lsa «QQDU, N.Qilichov” tarzida) nomlanishi lozim;
– annotatsiya va kalit so‘zlar o‘zbek, rus ingliz tillarida yozilishi shart.
Anjuman materiallari ilmiy to‘plami universitet elektron manziliga joylashtiriladi va maqola mualliflariga yuboriladi.
Maqolalarni qabul qilish muddati: 2022-yil 5-noyabrga qadar.
Anjumanni o‘tkazish sanasi: 2022–yil 24–noyabr.
Anjumanda bevosita va masofadan ishtirok etish mumkin.
TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:
Nukus shahri, Ch.Abdirov ko‘chasi, 1-uy, Qoraqalpoq davlat universiteti, Oʻzbek filologiyasi fakulteti.
Anjuman tashkilotchisi: Oʻzbek filologiyasi fakulteti.
Maqolalarni quyidagi elektron manzillariga yuborish mumkin: nkilichovr@mail.ru, zamira7070@mail.ru.
Telefon raqamlari: +99897787-92-97 (telegram, N.Kilichov).
+99891393-31-40 (telegram, Z.Ibragimova).
Anjuman haqidagi ma’lumotlar bilan old.karsu.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin.