«Huquqiy madaniyat oyligi» doirasida    

Tabiatshunoslik fakulteti talabalarining bo`sh vaqtini  mazmunli tashkillashtirish  hamda huquqiy madaniyat oyligi doirasida  “Dorivor o`simliklar agroekologiyasi va inturoduktsiyasi” kafedrasi 1-kurs talabalari tomonidan 9-aprel – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuniga 26 yil to‘lishi munosabati bilan hamda Amir Temurning tavalludiga bag`ishlangan badiiy kecha o`tkazildi.

Unda fakultet professor-o`qituvchilar,  magistrantlar  hamda talaba-yoshlar qatnashdi.

Badiiy kechani “Dorivor o`simliklar agroekologiyasi va inturoduktsiyasi” kafedrasining boshlig`i  A.Saitova kirish so`zi bilan ochib berdi va kun tartibidagi mavzu bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi.

Shuningdek, tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan saxna ko’rinishlarida bosh qomusimiz Konstitutsiyamizning hayotdagi o`rni  haqida  hamda Amir Temurning tariximizdagi o’rni beqiyosligi, uning davlat boshqaruvidagi o’zgacha uslubi, uning naqadar ulug’ shaxs ekanligi har xil ko`rinishlar orqali ko`rsatib berildi.

Otabek Raximbayev,

Tabiatshunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi, JTK a`zosi.

 

Foydali havolalar