Tabiatshunoslik fakulteti talabalarining bo`sh vaqtini mazmunli tashkillashtirish hamda huquqiy madaniyat oyligi doirasida “Dorivor o`simliklar agroekologiyasi va inturoduktsiyasi” kafedrasi 1-kurs talabalari tomonidan 9-aprel – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuniga 26 yil to‘lishi munosabati bilan hamda Amir Temurning tavalludiga bag`ishlangan badiiy kecha o`tkazildi.
Unda fakultet professor-o`qituvchilar, magistrantlar hamda talaba-yoshlar qatnashdi.
Badiiy kechani “Dorivor o`simliklar agroekologiyasi va inturoduktsiyasi” kafedrasining boshlig`i A.Saitova kirish so`zi bilan ochib berdi va kun tartibidagi mavzu bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi.
Shuningdek, tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan saxna ko’rinishlarida bosh qomusimiz Konstitutsiyamizning hayotdagi o`rni haqida hamda Amir Temurning tariximizdagi o’rni beqiyosligi, uning davlat boshqaruvidagi o’zgacha uslubi, uning naqadar ulug’ shaxs ekanligi har xil ko`rinishlar orqali ko`rsatib berildi.
Otabek Raximbayev,
Tabiatshunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi, JTK a`zosi.

