Joriy yilning 20-oktyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” mavzusida keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi va g‘oliblar aniqlanadi.
Ko‘rik-tanlovning maqsadi va vazifalari pedagog xodimlar va talaba-yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy,iqtisodiy islohotlar to‘g‘risida xabardor qilib borish, ta’lim muassasasi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini, axborot erkinligini ta’minlashdek demokratik islohotlarni chuqur o‘rganish, shuningdek, ular ongida yangilanayotgan O‘zbekistonda yurt tinchligi, vatan ravnaqini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan misli ko‘rilmagan yutuqlarga nisbatan daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Ko‘rik tanlov quyidagi nominatsiyalardan iborat:
1)“Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi”
2) “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra”
3) “Eng yaxshi guruh tyutori”
4) “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi”
5) “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi”
Tanlov bo‘yicha batafsil ma’lumot.
