«Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish» mavzusida ushrachuv boʻlib oʻtdi

 

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakultetida «Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish» mavzusida ushrachuv boʻlib oʻtdi. Unda professor-oʻqituvchilari va texnik xodimlari ishtirok edti.  Ushrachuvni Yuridika fakulteti dekani F.Qutlimuratov kirish soʻz bilan ochib berdi va boshqarib bordi.

U oʻz soʻzida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va chek qoʻyish, bunga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida respublikamizda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganini, bu boʻyicha universitetimizda ham bir qator samarali ishlar olib borilayotgani, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari vakillari bilan birgalikda professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar oʻrtasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbirlari oʻtkazilib kelinayotganligini taʼkidlab oʻtdi.

Shundan soʻng, universitetimiznig Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor T.Nurımbetov soʻzga chiqib, Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi ekanligi, shu bois butun dunyoda unga qarshi kurashish, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning yaxlit tizimi yaratilganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2752 qarori muxim rol oʻynayotganligi, «Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonun qoidalarining samarali ijrosini taʼminlash, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari boʻylab qamrab olish imkonini berishini aytib oʻtdi. Tadbir davomida A.Jayilganov soʻzga chiqib, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib kelishini hamda buning oldini olish, oliy taʼlim muassasalarida tarbiyaviy profilaktik ishlarin kuchaytirish, shaxsiy tarkibni munosib xulq-atvorda boʻlishini taʼminlash, burchga sadoqatini mustahkamlash, tizimga dogʻ tushiruvchi turli salbiy holatlarga yoʻl qoʻyilishining oldini olish ustuvor vazifa ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek tadbirda E.Qutibayeva va J.Sagindikovlar soʻzga chiqib korrupsiya jinoyati tushunchasi, mazkur jinoyatning ogʻir oqibatlari va uning oldini olishga doir tavsiyalar bildirildi. Uchrashuvda ishtirokchilar takliflarini berib, oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Пайдалы дереклер