Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasida milliy ta’lim dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida» gi PQ-46 son Qarori 12-bandining «b» kichik bandlarida belgilangan “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda “Yangi Oʻzbekiston va Inson huquqlari” mavzusiga alohida e’tibor qaratilishi va 2023-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlarda ayollar, bola va yoshlar huquqlari masalalari qamrab olinishini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasining 1-bandida “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida “Bilimlar kuni”da maktablarda va oliy ta’lim muassasalarida “Yangi Oʻzbekiston va inson huquqlari” mavzusiga bagʻishlangan darslar oʻtkazish vazifasi belgilangan.
Shu munosabat bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakulteti talabalariga “Yangi Oʻzbekiston va Inson huquqlari” mavzusida darslar oʻtkazilmoqda. Talabalar darsta Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlariga qaratilayotgan e’tibor va gʻamxoʻrliklar, ayollar, bola va yoshlar huquqlarining himoyasiga davlatimiz tomonidan katta e’tibor berilayotgani haqida tushunchalarga ega boʻlib bormoqda.
