Hammamizga ma’lumki, bugungi kunda turizmni rivojlantirish bo’yicha davlatimizda muhim qaror va takliflar ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, yoshlarni davlatimizdagi barcha muzeylar bilan yaqindan tanishtirish va ular ichidagi muzey eksponantlar qayerdan, nima sababdan kelganligi haqida batafsil ma’lumot berish uchun muzey ishchi xodimlari maktab, kollej, akademik litsey va universitetlarga kelib maxsus seminar darslar tashkil qilmoqda.
Shu munosabat bilan Qoraqalpoq Davlat Universitetining Chet tillari fakulteti 215-guruh talabalariga ham Qoraqalpog’iston Respublikasi Madaniyat Vazirligi Qoraqalpog’iston Respublikasining I.V.Savitskiy nomidagi davlat muzeyini tushuntirish maqsadida muzey ilmiy xodimlari I.Seytboyev va A.Abiniyozovlar maxsus seminar ishini olib bordi.
Darsda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi va muzey ilmiy xodimlari muzeyning kelib chiqish tarixi haqida ko’pdan-ko’p ma’lumot berdi. Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, bu tadbir chet tillari fakulteti talabalarida katta qiziqish va mamnuniyat uyg’otdi va tengdosh yoshlarga muzey haqida malumot berishlarini aytdi.
Tadbirni tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan chet tillari fakulteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha dekan o’rinbosari Abish Musaev tadbir so’ngida muzey xodimlariga samimiy minnatdorchilik bildirdi.
S.Allabergenova,
Chet tillari fakul’tetining 2-bosqich talabasi.
