Beg`araz donorlik madaniyatini shaklantirish

Tabiatshunoslik fakulteti talabalarining bo`sh vaqtini  mazmunli tashkillashtirish  maqsadida 22-aprel kuni 2-sonli talabalar turar joyi majlislar zalida Geografiya kafedrasi o`qituvchilari R.Jaqsibaev, A.Aleuov, A.O`razbaevlar boshchiligida   “Beg`araz donorlik madaniyatini shaklantirish” mavzusida seminar-trening o`tkazildi.

Unda Qoraqalpog’iston Respublikasi Qon quyish stantsiyasi shifokorlari J.Gabbarova va R.Xojametovalar hamda fakultet professor-o`qituvchilari, talaba-yoshlar qatnashdi.

Tadbirni fakultet yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini J.Muynakbaev ochib berdi va tadbirning kun tartibidagi masalasi bilan ishtirokchilarni tanishtirdi. 

Keyingi so`zga chiqganlar o`z nutqlarida: Donorlik – bemorlarga yordam berishning, insonlarga yaxshilik qilishning oddiy usuli. Har kuni minglab insonlar donor qoniga muhtoj bo‘ladi. Afsuski, qonni sun’iy tarzda ishlab chiqishning imkoni yo‘q. Uning yagona manbai beg‘araz donorlardir.

Tibbiy ijtimoiy ko‘makka muhtoj insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, beg‘araz yordam muhitini kuchaytirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan ekanligini ta’kidladi. Mamlakatimizda barcha sohalarda izchillik bilan olib borilayotgan islohotlar jarayonida aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish, salomatligini muhofaza etish, yoshlarning tibbiy madaniyatini yuksaltirish, turli favqulodda vaziyatlarda aholiga tezkor va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotir deb aytib o`tdi.

Uchrashuv so`ngida talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar olishdi.

O.Raximbayev,

Tabiatshunoslik  fakulteti  yoshlar ittifoqi

guruh yetakchisi.

Foydali havolalar