O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, O’zbekiston Badiiy akademiyasi, Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi, Samarqand viloyati hunarmandlar uyushmasi va Samarqand viloyati kasaba uyushmasi hamkorligida joriy yilning 24-25-may kunlari Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, mustaqil fikrlaydigan, o’zi tanlagan ta’lim yo’nalishi bo’yicha mukammal bilimga va yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan yuqori salohiyatli mutahasislarni tayorlash hamda iqtidorli yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqtirish, ijodiy bilimini kengaytirish maqsadida “Yangi asr iste’dodlari-2019” respublika ko’rik-tanlovi o’tkazildi.
Ko’rik-tanlovda respublikamizning barcha viloyatlari quyidagi nominatsiyalar bo’yicha qatnashdi:
- Eng yaxshi amaliy-san’at asari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va o’ymakorlik);
- Eng yaxshi arxitekturaviy innovatsion loyiha va maket;
- Eng yaxshi me’moriy ta’mirlash va qayta tiklash loyhasi;
- Eng yaxshi landshaft va interyer dizayni;
- Eng yaxshi innovatsion-muhandislik kommunikatsiya loyihalari va ishlanmalari;
- Eng yaxshi innovatsion qurilish materiallari va texnologiyalari;
- Eng yaxshi innovatsion biznes loyiha;
- Eng yaxshi zilzilabardosh binolar va konstruksiyalar;
- Eng yaxshi innovatsion energosamarador loyihalar va ishlanmalar;
- Eng yaxshi “Geoinnovatsiya” loyihasi va ishlanmasi;
Respublika ko’rik-tanlovini O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining birinchi o’rinbosari B.Zakirov ochib berdi. Qoraqalpog’iston Respublikasidan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Texnika fakulteti 2-bosqich “Bino va inshoatlar qurilishi” mutaxassisligi talabalari Primbetov Kabul rahbari Purxanatdinov Aman boshchiligida, Qanatbayev Sherxan esa Utegenova Gulzar rahbarligida “Eng yaxshi innovatsion energiya samarador loyihalar va ishlanmalar” nominatsiyasi bo’yicha o’z loyihalari bilan faol ishtirok etib, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.
“Eng yaxshi zilzilabardosh binolar va konstruksiyalar” nominatsiyasi bo’yicha Xojabergenov Bekbergen rahbari Uzaqov To’rebek boshchiligida III o’rinni, “Eng yaxshi innovatsion biznes loyihasi” nominatsiyasi bo’yicha 4-bosqich arxitektura mutaxassisligi talabasi Qurbanbayev Azizbek rahbari Alyaminov Xayrulla boshchiligida faxrli III o’rinni va 3-bosqich arxitektura mutaxassisligi talabasi Xudaynazarov Rasul “Eng yaxshi innovatsion energosamarador loyihalar va ishlanmalar” nominatsiyasi bo’yicha tashakkurnoma hamda 2-bosqich arxitektura mutaxassisligi talabasi Bisenov Muhammed rahbari Akimniyazov Zakir boshchiligida “Eng yaxshi amaliy san’at asari (rangta’svir, grafika, haykaltaroshlik va o’ymakorlik) nominatsiyasi bo’yicha faxrli III o’rinni egallab, diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.
G’olib bo’lgan talabalarimiz bu ko’rik-tanlov ular uchun juda katta tajriba bo’lganligi, hamma viloyatlarning innavatsion ishlanmalarini ko’rib, kuzatib ko’plab do’stlar orttirganliklarini aytishdi. Kelgusida yuqori o’rinlarni olishni maqsad qilib qo’ygan istedodli mana shunday iqtidorli, innavatsion g’oyalar g’olibi va sovrindorlariga kelajakdagi ishlarida va oldiga qo’ygan maqsadlarida zafarlar tilab qolamiz.
Shahlo Kalilaeva,
Texnika fakultetining 2-bosqich talabasi.