Qo`l to`pi turi bo`yicha O`zbekiston kubogi musobaqasi bo`lib o`tdi…

    Joriy yilning 24-31-may kunlari Toshkent viloyati Olmaliq shahrida sportning Qo`l to`pi turi bo`yicha O`zbekiston kubogi musobaqasi bo`lib o`tdi.  Unda universitetimiz talabalari ham faol ishtirok etishdi.

  Bir hafta davom etgan sport musobaqasida  respublikamizning barcha hududlaridan  15 ga yaqin komandalar qatnashdi.

   Musobaqa yakunida “Olmaliq” komandasi 1-o`rin, “Xorazm” komandasi 2-o`rin, bizning “Qoraqalpoq” komandamiz faxrli 3-o`rinni (Namangan 49 – Qoraqalpoq 64 hisobda) egallashdi va bronza medali bilan taqdirlandi. Komanda tarkibida qatnashgan o`zbek filologiyasi fakulteti, qozoq tili ta`lim yo`nalishi  2-bosqich talabalari Jarilkapov Baxt, Tameneev Qalmuxan eng yaxshi o`yinchilar deb topildi.  Fakultetimiz talabalarining keyingi ishlariga muvaffaqiyat tilab, yanada yuqori natijalarni kutib qolamiz…

Bahriddin Abdulamitov

O’zbek filologiyasi fakulteti YI BT yetakchisi.

 

Foydali havolalar