Joriy yilning 20 iyun kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Orol bo’yi mintaqasida me’morchilik va shahar qurilishi barqaror rivojlanishi masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.
Uni universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori I.Turdimambetov boshqarib bordi.
Anjuman respublikamizda birinchi marotaba bo’layotganligi bois, unga SamDAQI, TAQI, TII, TashDAU NF, TDTU, UrDU kabi viloyat oliy ta’lim professor-o’qituvchilari, shuningdek bir necha chet davlatlarning, ya’ni Germaniya, Polsha, Shvetsiya, Ukraina, Rossiya, Qazog’iston kabi davlatlarning professor-o’qituvchilari qatnashdilar.
Anjuman quyidagi yo’nalishlar bo’yicha sho’balarda ish olib bordi:
1-sho’ba. Mintaqada arxitektura va shahar qurilishini barqaror rivojlantirish istiqbollari;
2-sho’ba. Arxitektura va shahar qurilishi barqaror rivojlanishi bo’yicha xalqaro tajribalar;
3-sho’ba. Orol bo’yi mintaqasida ta’lim, tarbiya va ekologik barqarorlik muammolari kabi mavzularda ko’plab xalqaro professorlarning maqolalari to’plamga kiritildi.
Anjuman davomida Qoraqalpog’iston Respublikasiga xizmat ko’rsatgan arxitektor O.Toreniyazov o’z tabrik so’zlari bilan boshlab berdilar hamda SamDAQI professori A.Uralov o’zlarining innovatsion loyihalari bilan qatnashib, ma’ruza qildilar. Shuningdek, Qozog’iston Respublikasi Bayshiev universiteti o’qituvchisi U.Akishev, TAQI professori D.Nazilov, Xorazm Ma’mun akademiyasidan professor G.Durdievalar o’zlarining qadimgi tarixiy-obidalarimizni o’z holicha saqlash bo’yicha innovatsion loyihalari bilan ma’ruza qildilar.
Anjuman yakunida har yili 1-oktabr – «Arxitektorlar kuni» deb nishonlashi eslatib o’tildi hamda professor-o’qituvchilar kelishgan holda har besh yilda bir marotaba mana shunday xalqaro va har ikki yilda esa Respublika anjumani tashkillashtirilishi taklif qilindi va ishtirokchilar tamonidan qo’llab quvvatlandi. Bundan tashqari O.Toreniyazov tomonidan Arxitektura qurilish akademiyasi ochilishini taklif etdi.
Kunning ikkinchi yarmida arxitektura fakulteti binosida o’qituvchilar va iqtidorli talabalarning to’plamga berilgan maqolalari ma’ruzasi tinglandi.
Anjumanning ikkinchi kunida esa mehmonlar uchun Mo’ynoq tumani Orol dengiziga sayoxat tashkillashtirildi.
Anjuman savol javob va takliflarga boy tarzda davom etdi.
Shahlo Kalilaeva,
Arxitektura fakultetining talabasi.
