Hozirgi kunda universitetimizda Erasmus+ dasturining bir nechta loyihalari amalga oshirilib kelinmoqda. Shulardan, DSinGIS (doctoral science in geoinformatics) loyihasi 2017-yildan boshlab universitetimizda P.Reymov rahbarligida o`z faoliyatini amalga oshirmoqda. Ushbu loyiha 2017 yildan 2020 yilgacha muljallangan bo`lib, loyihaning asosiy maqsadi Geoinformatika sohasi asosida O’zbekistonda barqaror rivojlanishni qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
Mazkur loyiha doirasidagi navbatdagi seminar 28-iyun 3-iyul kunlari oralig`ida Avstriyaning Zalzburg shahridagi Parij Lodron universitetida bo`lib o`tdi.
Bu seminarga universitetimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektori I.Turdimambetov, DSinGIS loyihasining universitetimizdagi koordinatori P.Reymov va loyiha ishtirokchisi A.Orazbaevlar qatnashib qaytishdi.
Bu seminarda yangi doktorlik (PhD) o`quv kurslarini tayyorlash, doktarantlarni akkreditatsiyadan o`tkazish, yangi ochilishi kerak bo`lgan doktoranturaga qabul qilish jarayonlari to`g`risida, shuningdek barcha loyiha hamkor universitetlarida DSinGIS loyihasining ish holati va 2020 yilga rejalari muhokama qilindi. Shuningdek, o`quv materiallarini tartibga solish va PhD talabalarini baholash tartibi, elektron ta’lim va ta`lim markazlarini joriy qilish muhokama qilindi.
Shuningdek, ushbu ilmiy safar davomida universitetimiz vakillari Evropaning ikkita nufuzli Oliy ta`lim muassasalari, yani Avstriyaning Zalzburg shahridagi Parij Lodron universiteti va Germaniyaning Qishloq xo`jaligini rivojlantirish Leybnits instituti bilan hamkorlikda ishlash to`g`risida aktlashuv memarandumini imzolashga muvofiq bo`lishdilar.
Albatta, ushbu loyiha natijasida universitetimizda GIS (geoinformatika) sohasini rivojlantirish ko`zda tutilgan va yaqin kunlarda GIS (geoinformatika) sohasi bo`yicha (PhD) tayanch doktorantura ochilishi rejalashtirilgan.
Ushbu Evropaning nufuzli Oliy ta`lim mussasalari bilan universitetimiz o`rtasida tuzilgan memarandumlar kelajakda universetetimizda ilmiy salohiyatining oshishiga katta yo`l ochib beradi.
K.Bekanov, A.Orazbaev,
DSinGIS loyihasi ishtirokchilari.
