Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilishda bir qator imtiyozlar mavjud bo’lib, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) da imtiyozga ega bo’lgan abituriyentlarning 2019/2020 o’quv yili uchun o‘tish ballarini bilish imkoniyati yaratildi.
Ushbu xizmatdan rasmiy veb-saytdagi “IMTIYOZ O’TISH BALI” bo’limi orqali foydalanish mumkin.
Mazkur bo’limga kirgandan so’ng,
✅ Ta’lim shakli;
✅ Imtiyoz turi;
✅ Oliy ta’lim muassasasi (OTM) tanlanadi.
Mazkur amallar bajarilgandan so’ng, imtiyoz turlari bo‘yicha o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.
Manba: Davlat test markazining rasmiy telegram kanali:
? @rasmiydtm