E’LON!

“Davlat tili to’g’risida” gi Qonunning qabul qilinganligining 30 yilligi  munosabati bilan O’zbek filologiyasi fakulteti O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi  va fakultet Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda quyidagi tanlovlar bo’lib o’tishini ma’lum qiladi.

Insholar tanlovi:

Quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

“Ona tilim – jon-u dilim” 

“Til – dil kaliti”

“Tilga e’tibor-elga e’tibor” mavzulari  asosida.

(bitta mavzu tanlab olinib, 12 varaqli  yo’l-yo’l  daftarga yozilishi va o’zbek tili va adabiyoti kafedrasiga 18- oktabrgacha topshirilishi zarur.)

Ilmiy maqolalar tanlovi.

Maqola o’zbek tili masalalariga tegishli bo’lishi kerak. Qog’oz va elektron variantda  18-oktabrgacha o’zbek tili va adabiyoti kafedrasiga topshirilishi lozim.

  •  

Diktant O’zbek filologiyasi fakultetida 16-oktabr soat 15:00da

422-auditoriyada bo’lib o’tadi. Barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.

 

Tanlovda g’olib bo’lgan barcha talabalarimiz Universitet va fakultet tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

Tashkiliy qo’mita.

 Qo’shimcha ma’lumot uchun tel: +99899 317 11 71

Foydali havolalar