Savob ishni har kim har kuni qilishi kerak

“Savob ishni har kim har kuni qilishi kerak,”-deydi dono xalqimiz. Ayniqsa, yordamga muhtoj, nogiron, imkoniyati cheklangan insonlardan xabar olish savob hisoblanadi.

Joriy yilning 25 oktyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining уuridika fakulteti уurisprudensiya ta’lim yo’nalishining 2-“B” guruh talabalari va guruh rahbari Sapargul Utemuratova Nukus shahrida joylashgan Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi 4-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasiga tashrif buyurishdi.

Guruh rahbari Sapargul Utemuratova rahbarligida imkoniyati cheklangan bolalarning holidan xabar olindi va ularga turli xil sovg’alar topshirildi.

Ushbu muassasada bugungi kunda 237 ta bolalar ta’lim olishmoqda. Hozirda ushbu muassasaga Ra’no Qalandarova rahbarlik qilib kelmoqda.

Talabalar muassasada ta’lim olayotgan imkoniyati cheklangan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Talaba-yoshlar ushbu maskandan bir olam taassurotlar bilan qaytishdi.

Yu.Abdreymov,

Yuridika fakultetining yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari.

Foydali havolalar