Prezidentimizning ilgari surgan “Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 muhim tashabbus”ning ikkinchi yo‘nalishi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatlarini namoyish qilish”lari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga yo`naltirilgan.
Mazkur tashabbusda ko`zda tutilgan vazifalar, shuningdek, o‘zbek filologiyasi fakulteti Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti yetakchisining 2019-2020-yillarga mo`ljallangan ish rejasining 13 bandida: “Bir murabbiyga 100 shogird” doirasida sport musobaqalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Yuqorida ko`zda tutilgan rejalarning ijrosini ta`minlash maqsadida o‘zbek filologiyasi fakultetida sport va salomatlik yetakchisi Maral Serikboyeva va Hotamjon Abdullayevlar boshchiligida 2019-yilning 3-noyabr sanasida sportning futbol turi bo‘yicha sport musobaqalari bo`lib o‘tdi.
Futbol musobaqasida: 2-bosqich talabalarining “Ligenda” jamoasi (o`tgan o`quv yilida ushbu jamoa universitet bosqichida II o‘rinni egallagan edi) umumiy 6:1 hisobda I o`rinni, 2-bosqich talabalarining “Filologlar” jamoasi 5:1 hisobda II o`rinni, 3-bosqich talabalarining “Liderlar” jamoasi 4:1 hisobda III o`rinlarni qo`lga kiritishdi.
G`olib jamoalar diplom hamda esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi.
Bahriddin Abdulamitov,
O‘zbek filologiyasi fakulteti Yoshlar
ittifoqi boshlang`ich tashkiloti yetakchisi.
