Ko`tarinki ruhda o`tkazildi

Shu kunlarda xalqimiz mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim sanalardan biri – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-yillik bayramini ko`tarinki kayfiyatda kutib olmoqda.

Shu yilning 2-dekabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 8-dekabr – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-yillik bayrami keng miqyosda o`tkazildi.

Bayram tadbirini universitet rektori A.Reymov boshqarib bordi. Tadbirda “Qoraqalpog`iston Respublikasi Jinoyat ishlari bo`yicha sudi”ning boshlig`i G.Bazarbaeva, Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi bo`lim boshlig`i A.O`teuliyev, Qoraqalpoq davlat universiteti dotsenti Q.Seytnazarov, Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi D.Lepesboyevlar so`zga chiqib,  Konstitutsiyamiz yaratib bergan cheksiz imkoniyatlar natijasida mustaqil O`zbekistonimiz chin ma’nodagi suveren davlat sifatida shakllangani, uning dunyo xalqlari orasida munosib o`rin egallagani haqida aytib o`tdilar.

Haqiqatdan ham, Bizning Konstitutsiyamiz nafaqat yuridik hujjat, balki u milliy mafkuramizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy asosini tashkil etuvchi umuminsoniy g‘oyalarga xizmat qiladi. Davlat va jamiyat rivojlanishining muhim yo‘nalishlarini va ularning tuzilishlarini belgilab beradigan, tartibga keltiradigan oliy yuridik hujjat konstitutsiyadir.
Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan hamda rivojlangan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi jahondagi yirik siyosatshunoslar-ekspertlar tomonidan xalqaro me’yorlarga to‘la javob beradigan mukammal hujjat sifatida tan olingan. Xalq manfaatlarini kafolatlovchi Bosh Qomusimiz boshqa yangi mustaqil davlatlar konstitutsiyalaridan tubdan farq qilib, o‘tish davrigagina mo‘ljallanmasdan, balki davlat va jamiyat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini belgilab beruvchi dasuriy hujjat sifatida ham yuksak e’tiborga sazovordir.
Farovon turmushimiz rivojida, Vatanimiz va xalqimiz taqdirida Konstitutsiyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Konstitutsiyamizni nafaqat tariflaganda, balki qoidalarni moddama-modda ro‘yobga chiqarish asosida uni hayotimiz qomusi deb bilishimiz va qadrlashimiz katta ahamiyatni kasb etadi.
Konstitutsiyamizda xalqimizning huquqiy demokratik davlat adolatli fuqarolik jamiyati, erkin va farovon hayot qurishdek orzu-havasi o‘zining to‘la ifodasini topgan. Unda hayotimizning garovi bo‘lmish tinchlik, osoyishtalik, totuv hayotning asoslari belgilab berilgan. Fuqarolarning huquq va burchlari bir – biriga uyg‘unlashtirilgan. Eng muhimi, inson huquqi, inson erkinligi mustahkam muhrlab qo‘yilgan.

Barchangizning xabaringiz bor, shu yilning 22-dekabr kuni bo`lib o’tadigan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Yuqori Kengashi va xalq deputatlari  viloyat, tuman, shahar kengashlariga bo`lib o`tadigan saylovlar vatanimiz tarixida, xalqimiz turmushida muhim ijtimoiy-siyosiy voqea hisoblanadi. Chunki, mustaqil mamlakatimizning kelajagi, uning bundan keyingi rivojlanishi shu saylovda qatnashuvchi barcha fuqorolarimizning faolligi, siyosiy bilimi va ular qabul qiladigan qaroriga bog`liq desak xato bo`lmaydi.

Shunday ekan, saylovda faol qatnashish – shu yurtda istiqomat qilayotgan har bir kishining fuqorolik burchidir.

Matbuot xizmati.

Foydali havolalar