Siyosiy va huquqiy bilimlarni oshirish va mustahkamlash maqsadida Nukus shahrida “Hududiy yoshlar konferensiyasi” bo’lib o’tdi. Anjuman davomida barkamol va mustaqil fikriga ega bo’lgan yoshlar ikki kun davomida bir maqsad yo’lidan borishdi.Qanday deysizmi? Ularning amalga oshirishi lozim bo‘lgan maqsad va vazifalar sizni ham qiziqtirmay qolmaydi, albatta.
Milliy istiqlolni qadrlash, millatning uyg’oqligidan darak.Millatimizning tayanchi kimlar? Yoshlar! Ha,YOSHLAR! Konferensiya ham o’z atrofiga yuzlab yoshlarni birlashtirdi. Yosh kuchlarni ko’rdik, yangi ovozlarni tingladik. Birgina QDU dan ishtirokchilar soni 37 tani tashkil qildi.Yana qancha hududiy OTM-yu, yana qancha talaba-yoshlar!
Ushbu anjuman yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashga, ularning huquqiy ongi va tafakkurini yuksaltirishga xizmat qildi. Shuningdek, 22-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kuni munosabati bilan 5 ta siyosiy partiyaning dastur va maqsadlaridan kelib chiqqan holda Toshkent shahri, Namangan va Fargʻona viloyatidan tashrif buyurgan mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodini qoʻygan spikerlar bilan birgalikda yangi loyihalarni ishlab chiqishdi va taqdim qilishdi.
Mubarak Mamutova.Anjuman bosh tashkilotchisi.QDU qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti jurnalistika ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi.Nodirabegimning shoirona sajiyasini, To’marisning shijoatini ko’raman unda.Yuzlab yoshlarni birlashtirgan bosh kuch. Maqtovlar o’z yo’liga-ku ammo, birlashish va birlashtirish har doim oson bo’lmagan. Darvoqe, u birlashgan va birlashtiruvchi kuch ham! So’zim yakunini ijod namunam bilan yakunlashni joiz bildim.
E’tiqoddan yuksalgan ruhim,
Bellashuvga tayyor har zamon.
Xoh yaxshi, xoh yomonga birday
Kurash maydonidir to’rt tomon!
“To’marisdan meros orim bor,
G’anim boshin qonga solarman.
Men qasdimni nasya qoldirmay
Naqdi-naqdi bilan olarman.”
Ma’naviyat shunday bir kuchki,
Hech bir yovga yengilmas misol.
Mudroqlarni so’z-la uyg’otib,
Bo’lajakman Nodira timsol.
Qilich emas, qalamlar ila,
Endi jangga kiraman yana.
Hayqiraman buyuk so’z bilan,
So’ng boshlanar EZGU TANTANA!
Dilafruz OBLOQULOVA,
Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti jurnalistika
ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabasi.