BIZ BUYUK MUTAFAKKIRLAR FARZANDLARIMIZ!

Universitetimizning 1-sonli talabalar turar joyida Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining esa 537 yilligi munosabati bilan adabiy kecha o’tkazildi.

Kechani pedagog – tarbiyachi Shinar Matjonova ochib berdi. Tadbirda o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Hamro Abdullayev, turkman tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi Sayat Avezqilicheva, o’zbek filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar tashkiloti yetakchisi Aqmaral Serikbayevalar talabalarga Navoiy va Bobur hayoti va ijodining bugungi kundagi ahamiyati haqida so’zladi.

Talabalar tomonidan ikki buyuk shoirning ijod namunalari yod aytildi. Alisher Navoiy inson o’z umri davomida muntazam ravishda kamolot sari intilmog’i lozimligini uqtiradi.

Kamol et kasbkim, olam uyidin,

Sanga faraz o’lmag’ay g’amnok chiqmoq.

Jahondin notamom o’tmak biaynih,

Erur hammomdin nopok chiqmoq.

Demak, shoir nazdidan olam uyidan tegishli kamolot darajasiga yetishish kerakligini anglaymiz.

Zero, ilm-ma’rifat hayot chirog’i!

Tadbir so’ngida 1-sonli TTJdagi yangi tayinlovlar belgilandi. Bunda talabalar uyidagi ilg’or, jamiyatda o’z o’rniga ega, faol talabalarning faoliyatini gazeta, jurnal, qolaversa, internet nashrlarida muntazam yoritib borish maqsadi ko’zlangan TTJning MATBUOT KOTIBI va online radiosi muxbiri  saylandi. Oldindan rejalashtirilgan bu kabi ma’suliyatli vazifalarni Shinar Matjanova menga ishonib topshirdi.

Talabalar turar joyi. Bu bizning ikkinchi uyimiz. Gul qizlar biri opa, biri singlimiz. Iste’dodlar bisyor! Ammo, yuzaga chiqmagan iqtidorlar ham bor bunda. Faoliyatim davomida  yashirin iste’dodlarni topish va yuzaga chiqarish, TTJning adabiy-badiiy kechalarini yoritib borishga harakat qilaman.

Dilafruz OBLOQULOVA,

Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti 1-bosqich talabasi.

Foydali havolalar