Qoraqalpog`istonda tahsil oluvchi surxondaryolik talabalar bilan uchrashuv tashkil qilindi

Bugun Nukus shahar Yoshlar markazida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Raisi Alisher Zafarovich Sa’dullayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Raisi Abat Doniyarov, Surxondaryo viloyati Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Sherzod Murodovich Olimjonov va uning hududiy yetakchilari, faollari va Qoraqalpog`istonda tahsil oluvchi 200 dan ziyod surxondaryolik talaba yigit-qizlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Raisi Alisher Zafarovich Sa’dullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Senator Sa’dullayev o‘z nutqida hozirgi paytda talaba yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Surxondaryo viloyati Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Sherzod Murodovich Olimjonov esa Yoshlarda oid davlat siyosati borasida Surxondaryo viloyatida qilinayotgan ishlar bo‘yicha qisqacha hisobot berdi. Talaba yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, yetarlicha javob oldilar. 

Uchrashuv so‘ngida madaniy qism bo‘lib o‘tdi. Unda surxon va qoraqalpoq baxshilari ijodidan termalar tinglandi. Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir talabalarda ulkan taassurot qoldirdi…

Bahriddin Abdulamitov,

O‘zbek filologiyasi fakulteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich

tashkiloti yetakchisi.

Foydali havolalar