#Tanlov_g’oliblari Manguga muhrlanganlar yodi

 

Inson qadri ulug‘langan, xotirasi sarbaland yurtda yashaymiz. Bugunimiz kechagi kundan yorug‘, ertamiz yanada fayzli, barakotli bo‘lishiga ishonchimiz komil. Navqiron avlod e’zozda, e’tiborda, yoshi ulug‘lar ehtiromda. Xalqimiz ozod, yurtimiz obod. Shunday aziz Vatanda yashamoqlik, uning buyuk kelajagi yo‘lida mehnat qilmoqlik beqiyos baxt.

                                                                                               ( I. A . Karimov)

Xotira shunday ruhiy-ma’naviy qudratki, u insonning insonligini anglatuvchi, uni o’tmish va istiqbol bilan bog’lab turuvchi buyuk qadriyat, ilohiy qudratdir. Xotirlash – xalq manfaati uchun, ona vatan himoyasi uchun jon fido qilgan o‘g‘lonlar yodi hamisha xalqimiz yodidadir! Xalqimizning bunday o‘tyurak farzandlari xotirasini manguga muhrlaydi. Vatan uchun kurashgan, el-yurt hurmatiga sazovor bo’lgan kishilar unutilmaydi. Xotira- olamdan o’tgan ajdodlarni eslashgina emas, asrlar mobaynida Vatan uchun kurashda halok bo’lganlar xotirasini hurmatlash hamdir.

Malumki, urushdan oldin O‘zbekistonda 6,5 million aholi yashagan. Shundan 1,5 millionga yaqin odam urushda qatnashgan. O‘sha vaqtda yurtimiz aholisining yarmini bolalar va keksalar tashkil qilgan. Bu shuni ko‘rsatadiki, qurol ko‘tarishga qodir bo‘lgan yurtdoshlarimizning taxminan 70-80 foizi bu beshafqat urushda bevosita ishtirok etgan. Shu bilan birga, mustaqil Vatanimizning tinchligiga putur yetkazish, yurtimiz xavfsizligiga tahdid qilgan tashqi kuchlarga qarshi janglarda munosib kurashganlar jasorati-yu, halok bo‘lganlar yodi ham bugun sizu biz tomonimizdan ulug‘lanmoqda. Zero, shunday o‘tyurak, fidoyi insonlar bor ekan, yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi saqlanib kelinmoqda.

 Ikkinchi jahon urushi dahshatlarining guvohi bo’lgan kishilar sanoqli bo’lsada, shu baxtiyor , tinch va farovon hayotni ko’rmoqlik baxtiga muyassar bo’lganlar, xalqmiz ardog’ida.Yoshlikning navqiron chog’larini urush olovlarida, janggohlarda o’tkazib, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati beqiyosdir. 9 may –“ Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan xalqimizning ezgu fazilatlari yanada yorqin namoyon bo’ladi.

1943-yilning yoz kunlarida Yusufjon Leningradda halok bo’lgani haqida qoraxat keldi. Kenjasi, sevimli o’g’li halok bo’lganini eshitib Zulfiya opa faryod ko’tardi. Keyin boshqa og’illari halok bo’lganligi, bedarak yo’qolganligi haqida ketma-ket xabar keldi. Ularni Zulfiya opaga bildirishmadi. Zulfiya opa hammadan ham Yusufjonga ko’p kuydi.” To’rttasidan tuyoq qoldi, Yusufjonim chimildiq ko’rmay benishon ketdi “-,deb kuyundi. Umrining so’nggigacha farzandlarining qaytishini kutgan ona jasoratidek jasoratga tahsinlar aytmay bo’lmaydi. Urush davrida Zulfiya opadek jigarbandi, umr yo’ldoshidan ayrilgan jasur ayollar garchi urushda qatnashmagan bo’lsada, urush maydonida chekiladigan mashaqqatdan kam zahmat chekishmadi.  Shu o’rinda Ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli jang maydonlaridan omon qaytgan bobolarimizga, og’ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham o’zligini yo’qotmagan, iymoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko’rsatish tom ma’noda milliy qadriyatga aylandi.Bu hol yoshlarni yurtparvarlik, mehnatsevarlik, ajdodlarining eng yaxshi an’analaridan faxrlanish, ularga munosib vorislar bo’lish ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega. Davlatimizning birinchi rahbari o’z ma’ruzalarining birida shunday degan edilar: “Tarixiy xotira – bu avvalo, hayot mazmunini, avlodlar o’rtasidagi vorisiylik tuyg’usini anglash demakdir”. Xotirani asrash, xotirani ehtiyot qilish – bu bizning o’zimiz va avlodlar oldidagi axloqiy burchimizdir. Xotira – bizning boyligimizdir”. Shu o’rinda urush faxriysi G’ulom Bashkirovning quyidagi so’zlarini qayd etishni joiz deb bilaman.

 – Toshkentga yo‘lim tushsa, albatta,  Xotira maydonini ziyorat qilaman, – deydi urush va mehnat faxriysi, Angren shahri, Obliq qishlog‘i, Buloqboshi mahallasida yashovchi G‘ulom Bashkirov.  Yoshlik yillarim ko‘z oldimda gavdalanadi. Bizning orzu-havaslarimiz, ezgu niyatlarimizni oting o‘chgur urush armonga aylantirdi. Shukurki, nasibamiz bor ekan, mustaqillik ne’matidan bahramand bo‘lib yashayapmiz. Davlatimiz tomonidan urush qatnashchilari va front ortida mehnat qilganlarga, urushda halok bo‘lganlarning oilalariga pensiya hamda nafaqalardan tashqari, har yili turli ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Ayniqsa, 9- mayning “Xotira va Qadrlash”  kuni sifatida nishonlanishidan juda mamnunmiz. Axir dunyoda bayramlar ko‘p, marosimlar bisyor, ammo inson qadrini e’zozlaydigan shodiyona hamma joyda ham yo‘q. Mamlakatimizda hayotga tadbiq etilayotgan islohotlar inson hamda uning manfaatlariga qaratilgan. Zero, insonga umr bir marta beriladi. Ana shu umr davomida odamzod yaxshi yashashga, hayotdan zavqlanishga, qadrlanishga haqlidir. Umrim davomida ko‘p narsani ko‘rdim. Turli balo-qazolardan omon qoldim. O’tmishning mashaqqatlarini eslasam, xalqimizning bugungi turmush tarziga ko‘z tegmasin deyman. Negaki, bunday farahbaxsh kunlarni ilgari sira ko‘rmaganmiz. Og‘ir damlarni hozirgi hayot nuqtai nazaridan taqqoslasak, ezgulik, yaxshilikni ulug‘lab yashashga ko‘proq intilamiz,-“deb o’tmishni xotirlaydi .

Samarqandlik yurtdoshimiz Sharofat Ahmedova xotira maydoniga borar ekan ko’zlariga yosh quyilib kelaveradi: “Bu yerdagi lavhlarda ikki akamning ism-sharifi bitilgan, – “deydi onaxon. – Ular urushga ketayotganda 8 yoshda edim. Onam va singillarim bilan akalarimning ortidan chirqillab qolganmiz. Ko‘p o‘tmay, ikkala akamning nobud bo‘lgani haqida xabar keldi. Bundan onam bechoraning qaddi bukilib qoldi. Shunday bo‘lsa-da, bizni tashlab qo‘ymadi. Qahatchilikdan qo‘rqmadi, tunu kun mehnat qilsa ham ado bo‘lmaydigan dala ishlariga sho‘ng‘ib ketdi. Bizni tarbiyalab, oq yuvib, oq taradi. Shularni o‘ylar ekanman, farzandlarim, nabiralarimga: «Bugungi hayotimizni qadrlang, har bir kunga shukronalar aytib yashanglar», deyman. Chunki umrim davomida baxt va farovonlik nima ekanligini, mana endi, istiqlol tufayli his qilayapman”.

Binobarin, ushbu sanani nishonlar ekanmiz, bu kunning naqadar chuqur ma’no va mazmunga egaligini hayotning o‘zi tasdiqlamoqda. Prezidentimiz aytganidek: «Xotira, xotirlash haqida gapirar ekanmiz, bu tushunchani qadrlash tushunchasidan ajratib bo‘lmaydi. Haqiqatan ham, bu yorug‘ kunlarga nima hisobidan erishganimizni, bu yo‘lda qanday og‘ir kurashlar, azob-uqubat va yo‘qotishlar bo‘lganini, qanchadan-qancha odamlar urush maydonlarida aziz jonini qurbon qilganini anglamasak, tushunmasak, bugungi kunimizni, musaffo osmonimizni, tinch va osuda hayotimizni anglash, uning qadriga yetish qiyin bo‘ladi».

Darhaqiqat, birinchi Prezidentimiz tashabbuslari bilan 9 may – Xotira va Qadrlash kuni – umumxalq bayramiga aylantirilgani ming-minglab keksa-yu yoshlarimizning ayni ko‘ngillaridagi ish bo‘ldi.Shu sababdan ham ananaviy tarzda har yili munosib nishonlanib kelinayotgan” Xotira va Qadrlash” kuni avvalo fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 75 yilligi bilan uyg‘unlashgan holda yurtimizda urush qatnashchilari hamda o‘sha suronli yillarda front ortida og‘ir mehnat qilgan otalarimiz, onalarimiz, bobo va buvilarimizni hurmatlash va e’zozlash ham demakdir.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va bag‘rikenglik mustahkam qaror topdi. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehr-oqibat tuyg‘ulari odamlar qalbi va shuuridan chuqur joy oldi. Ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, bugun saflarimizda yurgan, elu yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan keksalarni e’zozlash ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.Nuroniylarning salomatligini mustahkamlash, hayotini mazmunli qilish, ko‘nglini ko‘tarish yo‘lida amalga oshirib kelinayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Davlatimizda joriy qilingan  2014-yil 13-oktabrdagi “1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga asosan ularni ijtimoiy himoyalash ko‘lami yanada kengaydi. Xususan, urush va mehnat fronti faxriylari yiliga bir marta sog‘lomlashtirish muassasalarida bepul davolanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Davlatimiz rahbarining  “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70-yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi hamda  “1941-1945-yillardagi urush qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmonlari keksalarimizga ko‘rsatilayotgan e’zoz va ehtiromning mantiqiy davomi bo‘ldi. Mazkur farmonlarga muvofiq urush qatnashchilari va nogironlariga yubiley medallari, pul mukofotlari va bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Zero, yurtimizda istiqomat qilayotgan har bir kishi, ayniqsa, yosh avlod mana shu bayram timsolida yoshi ulug‘larni qadrlash, saxovatga muhtoj kishilarga ko‘maklashish kabi chin fazilatlarni qalbiga singdirmoqda. Xotira – o‘tganlarni eslatib turadi, o‘zlikni anglatadi. Qadr – insonni ulug‘laydi, jamiyatni bezaydi. Xotira va mazmun-mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam.

“Inson qadri ulug‘langan, xotirasi sarbaland yurtda yashaymiz. Bugunimiz kechagi kundan yorug‘, ertamiz yanada fayzli, barakotli bo‘lishiga ishonchimiz komil. Navqiron avlod e’zozda, e’tiborda, yoshi ulug‘lar ehtiromda. Xalqimiz ozod, yurtimiz obod. Shunday aziz Vatanda yashamoqlik, uning buyuk kelajagi yo‘lida mehnat qilmoqlik beqiyos baxt”. Birinchi Prezidentimizning bu so‘zlari bugungi hayotimizning har bir jabhasida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Zero, tarixiy adolatni tiklamay turib, buyuk kelajakni qurib bulmaydi. Yaqin o‘tmishimizda istiqlolni orzu qilgan, yurtimiz tinch bulsin, deb yashagan, ammo bu kunlarga yetmaganlar yodi hamisha qalbimizda. Shu ma’noda, istiqlol yillarida poytaxtimizda davlatimiz rahbari tashabbusi asosida qad rostlagan Xotira maydoni tabarruk va muazzam maskanlarimizdan biridir.Xotira – о‘tganlarni eslatib turadi, о‘zlikni anglatadi. Qadr – insonni ulug‘laydi, jamiyatni bezaydi. Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va bag‘rikenglik mustahkam qaror topdi.

Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma’noga egadir. Ushbu kunlarda o’z Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, shuningdek, To’maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Namoz-botir kabi qaxramonlar va asrlar davomida xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan Abdulla Qodiriy, Behbudiy, Munavvar-qori, Cho’lpon, Abdulla Avloniy, Fitrat, Usmon Nosir kabi milliy qaxramonlarimizni ruhini shod etib eslash ham farz ham qarzdir. Insoniyat ikkinchi jaxon urushida qatnashgan, bu ayovsiz jangu-jadalda qahramonlarcha halok bo’lganlar xotirasini aslo unutmaydi. Binobarin, Xotira, bu – unutmaslik, deganidir.Sohibqiron Amir Temur ham so’zini “Bizkim…” deya o’z Vatanini, xalqini, ajdodlarimiz hurmatini bajo etish bilan boshlagan. O’z navbatida, Mirzo Ulug’bek ham, shoir va sarkarda Bobur ham, shoirlar sultoni Alisher Navoiy ham ajdodlar ruhiga munosib, buyuk ishlarning davomchisi bo’lishga intilganlar. Shuning bilan birga, xotira tiriklik chashmasidir. Undan imon-e’tiqod bilan suv ichganlar avlodi qudratli va salohiyatli bo’ladi.  Muhtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning: “Jafokash xalqimiz asrlar davomida ne-ne og’ir sinovlar, mashaqqatli kunlarni ko’rmadi. O’z ozodligi, erkinligi, tinch hayoti yo’lida kurashib, behisob qurbonliklar bergan ota-bobolarimiz jasorati tarixiy xotiramizdan hech qachon o’chmaydi”, ­ degan so’zlari bilan ham qalbimizda o’chmas iz qoldirgan siymoga aylandilar.

Inson – hayot gultoji.Uning qadri, hurmati har doim e’zozga loyiq. Xalqimizga xos xislatlar haqida gap ketsa, albatta, qadr-qimmat, mehr-oqibat kabi fazilatlar tilga olinadi. Keksalarni ardoqlash, ko’makka muhtojlarning hurmatini joyiga qo’yish qon-qonimizga singib ketgan fazilat. Ayniqsa, o’tganlarni xotirlash, aziz otaxonu-onaxonlarning duosini olmoqlik saodati o’zgacha. Xotirani asrash, xotirani ehtiyot qilish – bu bizning o’zimiz va avlodlar oldidagi axloqiy burchimizdir. Xotira – bizning boyligimizdir. Kechagi kun saboqlarini, xalqimiz kelajagi yo’lida jonini fido qilgan insonlarni xotirlash bugungi kunimizni qadrlashga o’rgatadi. Xotira bu – tarixdir. U kechagi o’tmishni, ajdodlar o’gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Shu bois, inson o’z xotira boyliklarini qadrlaydi.

Bugun nishonlayotgan bayramimiz shunday bir kunki, u shu yurtda yashayotgan har qaysi oila, har qaysi xonadon uchun bevosita daxldor bo’lgan, ularning hayotida qandaydir chuqur iz qoldirgan tarixiy sanadir. Osmoni musaffo, tinch va osuda, odamlari shukronalik, hayotdan mamnuniyat tuyg‘usi bilan yashayotgan mamlakatda taraqqiyot bo‘ladi, xalq bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlari bilan band bo‘ladi, turmushiga fayzu baraka inadi. Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg’usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o’tmishni, ajdodlar o’gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko’taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag’ishlaydi.

Har bir yoshning oldida turgan asosiy maqsadlaridan biri, o’z tarixini bilish, o’rganishdir. Agarda buyuk tariximizga nazar solsak, 1941-1945 yillardagi 2-jahon urushi davrida, o’zbekning mard o’glonlari, ona Vatan uchun, oila-farzandlar uchun o’z jonini fido qilib, janglarga kirishishganligi yodimizga tushadi. Bu yil g’alabaga erishganimizga 75 yil to’ldi. Mana hozirgi kunga kelib, O’zbekiston deb nomlanmish ona — Vatanimiz Mustaqil. Bugungi kunda biz yoshlarga keng qamrovli imkoniyatlar yaratib berilmoqda, bu albatta uzoq tarixdagi janglarda bo’lgan jasoratlar yutug’idir. «Xotira va Qadrlash kuni» ekan, Vatan tinchligi uchun kurashib, o’z jonini fido qilgan ota — bobolarimizni xotirlashimiz, yaqinlarimizni esa qadrlashimiz lozim. Qadr — qimmat esa eng avvalo, Ona Vatanga bo’lsa xato bo’lmaydi. Yurtboshimiz aytganlaridek «Kelajak yoshlarning qo’lida» ushbu gap orqali, bizlarga ishonch bildirilayotgan ekan, biz ana shunday tinchlik hukmronlik surayotgan Vatanda o’qib izlanishimiz, kelajak uchun bilim olishimiz lozim. Zero, Yurtimizda bilimli, oqil va dono yoshlar ko’payar ekan, bizning O’zbekistonimiz bundanda buyuk bo’lishi muqarrardir. Bu ulug’ kunda, yoshlardan, tengdoshlarimdan, shuni istardimki, qanchadan — qancha qonli janglarda jasorat ko’rsatgan bobolarimizni yodga olib, bu kunlarga erishish qanchalik mashaqqatli bo’lganligini, yana bir bor yodga olishsa maqsadga muofiq bo’lar edi. Xulosa qilib shuni aytamanki, har birimiz tinch yurtda yashayotganimizga shukur qilib, bu tinchligimizni asrab — avaylashimiz va uni g’arazli g’oyolardan saqlashamiz kerak va shart! ”. Shoir yozganidek Vatan uchun shahid ketganlarning yodini ham mangu qalblarimizga muhrlashimiz darkor :

Vatan uchun jonin bergan jigarlarim,

Hurlik uchun qonin bergan jigarlarim,

Xoinlarni itday quvgan jigarlarim,

Unutmatdi nomingizni ona Vatan.

 

Volidangiz “Farzandimdan roziman “der,

Rizoligin aytar sizga shu ona yer,

Ey Boburjon, ey Ulug’bek , ey Alisher

Sizni also unutmaydi ona Vatan.

 

Ortingizda O’zbek degan millat qoldi.

O’zbekiston degan ulug’ davlat qoldi.

Sizdan meros jasoratu shiddat qoldi,

Sizni also unutmaydi ona Vatan.

 

Siz tufayli uyim tinchdur, baxtim omon,

Siz tufayli kunlar keldi dorilomon

Ey G’ofurjon, ey Mahmudjon, ey Elomon,

Unutmaydi ,unutmaydi sizni Vatan.

 

Sadoqatni jo aylab siz dilingizga ,

Belbog’ boylab shijoatdan belingizga,

Ko’kragingiz qalqon bo’ldi elingizga ,

Sizni abad unutmaydi ona Vatan.

 

Toki O’zbek, O’zbekiston dunyoda bor,

Sizlar ila qilar faxr va iftixor,

Ey Qahramon, ey Marufjon, ey Sayyor,

Unutmaydi, unutmaydi sizni Vatan.

 

Endi sizga Alpomishlar yo’ldoshu yor,

Endi sizga abadiyat aytar alyor,

Ey Yunusbek, Abduhalil, ey Doniyor,

Unutmaydi, unutmaydi sizni Vatan.

Marjona Muhammadiyeva,

Chet tillari fakulteti 4-bosqich talabasi.

Foydali havolalar