Malumki, biz Turkmanistonlik talabalar bugungi kunda universitet talabalar turar joyida yashab kelmoqdamiz. Bizni karantin davrida vaqtimiz samarali o’tishi uchun universitetimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratilgan. Ushbu imkoniyatlardan unimli foydalangan holda talaba-yoshlar bosh vaqtlarini mazmunli o’tkazishmoqda. Yana shuni takidlab otishim lozimki, talabalarimizga bilim va iqtidorlarini sinab korish va qatnachilari uchun birnechta onlayn tanlovlar tashkil etilgan.
Jumladan kitobsevar zehinli talaba-yoshlarimiz uchun «Turkman adabiyoti durdonalari» nomli adabiyot boyicha intellektual o’yini hamda ijodkor talabalar uchun «Vatan soginchi» shiori ostida tasviriy sanat boyicha onlayn tanlovlar otkazildi hamda ushbu tanlovda turkmanistonlik talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.
Bundan tashqari, 5 tashabbus boyicha o’tkazilgan videoroliklar tanlovida ham bizning talabalar qatnashib oz istododlarini namoyon etdilar. Intellektual oyin, tasviriy sanat hamda videoroliklar tanlovida golib bolgan talabalar: Davletov Komiljon, Yagmirova Durlijemal, Yuldashova Sahiba, Pirnepesov Aman, Rasul Atajanovlar estalik sovgalar hamda faxriy yorliq va diplom bilan taqdirlandilar.
Soxiba Yuldasheva,
O’zbek filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi.
