Said Ahmad Abdulla Qahhordan keyingi o‘zbek adabiyotida mohir hikoyanavis, o‘tkir hajvchi, xalqimiz sevib o‘qiydigan ko‘plab asarlar muallifidir. Yozuvchi ijodining o‘ziga xosligini bu kulgilarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Kulgi adibning bosh quroli hisoblanadi. Said Ahmad yaratgan obrazlarning betakrorligi kulgi orqali yana-da jozibali, yorqinroq ko‘rinadi”, deb yozgandi O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov.
Said Ahmad – nasrnavis va dramaturg, o’zbek adabiyotida kichik nasr – hikoya ustasi sifatida tanilgan. Uning ko’plab yuqori badiiy mahorat ila yozilgan novella va hajviy hikoyalari milliy adabiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo’shdi. Adib 10-iyun kuni 100 yoshgaa to’ldi. Shu munosabat bilan O’zbek filologiyasi fakultetida bir qancha ishlar amalgam oshirildi. Qoraqalpog’iston televideniyasi bilan hamkorlikda “El ardog’idagi adib ” komli ko’rsatuv tayyorlandi. “O’zbek tili va adabiyoti ” kafedrasi professor-o’qituvchilari H.Abdullayev, Z.Kabulova, N.Yangiboyeva, I.Qurbanbayevlar adib asarlari haqida fikr va mulohazalarini bildirishdi. O‘lmas asarlari bilan xalq mehrini qozona olgan Said Ahmad barhayot — u odamlar qalbida, yodida yashamoqda. Keyingi yillarda davlatimiz tomonidan el ardog‘idagi adiblarga ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom maʼnaviyatimizga berilayotgan yuksak eʼtibordir. Adiblar xiyobonida qad rostlagan siymolar ichida Said Ahmad va Saida Zunnunovaning haykali alohida ajralib turibdi. Go‘yo ularning ziyosi shu maskandan ham taralayotgandek.
Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
Bahriddin Abdulamitov
