Birinchi Prezidentimiz qalban biz bilan birga

1991-yilding 31-avgustida  yangragan sado O’zbekiston tarixida yangi sahifa ochdi.O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov minbarda turib O’zbekiston xalqiga quyidagi so’zlarni aytgan edilar:

«Men shu bugundan e’tiboran 1-Sentyabrni jamiyatimizda Mustaqillik kuni Umumxalq bayrami deb e’lon qilishni taklif qilaman».

Islom Abdug’aniyevich Karimov nafaqat mustaqillikni balki yangi O’zbekiston taraqqiyotini,ma’daniyatini,o’zligini shuningdek,boshqa davlatlardan ajralib turuvchi Davlat bayrog’i,Gerbi,Madhiyasi,Konstitutsiyasi va Milliy valyutasini tadbiq etgan shaxsdir.

Undan tashqari 1-Prezidentimiz I.A.Karimov O’zbekiston xalqini o’g’ir kunlarda barcha qiyinchiliklarni,mashaqqatlarni va mas’uliyatni o’z bo’yniga olib O’zbekiston xalqini Mustaqillikka olib chiqdi.Bu inson xalq bilan birga yashadi,xalq dardini tushundi va xalqning mustaqillikga bo’lgan ishonchini so’nishig’a yo’l qo’ymadi.Balki, xalqimizning mustaqillikga bo’lgan ishonchini orttirdi va yanada mustahkamladi. Birinchi Prezidentimiz  I.A.Karimovning bu urinishlari aslo besamar ketmadi, O’zbekiston xalqi o’z mustaqilligini qo’lga kiritdi. O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligini butun dunyo tan oldi.  Bu buyuk shaxs O’zbekiston taraqqiyoti yo’lida o’zini fido qildi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov hayot bo’lganlarida 83 yoshni qarshilar edilar. Shunday bo’lsada bu Buyuk shaxs qalban biz bilan birga.

2021-yil 30-yanvar kuni 1-Prezidentimiz I.A.Karimov tavalludinig 83 yilligi munosabati bilan 1-«A» Oziq ovqat texnologiyasi guruhida tadbir bo’lib o’tdi.Tadbirda  Kimyo texnologiya fakulteti dekan o’rinbosari G’.A.Sultonov, M.Eshmuratov va B.Madenov,G.Qurbonboeva,N.Sipatdinov, A.Sadikovalar qatnashdi.

Tadbir O’zbekiston Respublikasi Madhiyasi sadosi ostida boshlandi.Tadbir o’ziga xos ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.

1-«A» Oziq-ovqat texnologiyasi guruh talabasi Madenova Leyla.

 

 

Foydali havolalar