Maqsad o’rta maktablarda kimyo va biologiya fanlarini o’qitishning  sifatini oshirish

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti  Sh. M. Mirziyoyevning «Umumiy o’rta ta’lim maktablarida  ta’lim sifatini va o’qituvchilarning kasblik mahoratini oshirish  va metodik qo’llab-quvvatlash uchun biriktirilgan oliy o’quv yurtlari haqida»gi 07/1-2472-sonli qarorida yoritilgan vazifalardan kelib chiqib fakultetimizda biriktirilgan ustozlar tomonidan olis tumanlardagi chekga joylarda joylashgan maktablardan xabar olindi.

        Kimyo va biologiya yo’nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan  samarodorligini oshirish maqsadida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Biologiya fakulteti » Umumiy  biologiya va fiziologiya» kafedrasi professor o’qituvchilari 9-fevral kuni Amudaryo tumanıning  «Joqarg’i  makon» fuqorolar yig’inida joylashgan 8-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida bo’ldi.

 Bu maktab o’qituvchilari bilan “Umumiy  biologiya va fiziologiya” kafedrasi  professor o’qituvchilaridan    G.Dosjanova  va G.Nurekeevalar oldindan ishlangan va birgalikta ishlanadigan ishlar haqida suhbatlar o’tkazdi.

 Biologiya fani bo’yicha ”Umumiy  biologiya va fiziologiya” kafedrasining assistenti                  G.Dosjanova va G.Nurekeevalar tomonidan 11-sinf o’quvchilariga master sinf o’tkazildi va biologiya fani bo’yicha bilimlarini tekshirish maqsadida har haftaning so’ngida testlar olinib, ularning oliy o’quv yurtlariga kirish testlari uchun tayyorgarlik ko’rish maqsadida  har xil testlar berilib kelmoqda.

 Bu maktablarning bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan uchrashuvlar o’tkazilib, ularni Prezidentimizning aholiga yo’llagan murojatnoması  va ta’lim  to’g’risidagi yangiliklar bilan tanishtirildi. O’quvchilarga oliy o’quv yurtlari va ularga topshirish to’g’risida  keng tushunchalar berildi.

   Maktab direktori R. Shamuradov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini o’rinlash maqsadida Qoraqalpoq Davlat universiteti Biologiya fakulteti «Umumiy  biologiya va fiziologiya» kafedrasiga bekitilganligini aytib o’tti.

 Hozirgi kunda o’rta maktablarda kimyo va biologiya fanlarini o’qitishning  sifatini oshirish maqsadida, biologiya fani bo’yicha o’quv metodik  qo’llanmalarni  birgalikda tayorlash, biologiya o’qituvchilarini  ilmiy izlanish ishlariga jalb qilish maqsadida maqola, tezis yozishga yo’naltirish, birgalikta ilmiy ishlarni olib borish va ularga ilmiy rahbarlar bekitish haqida aytib o’tildi.

 Bunday  chekga  joylardagi  yordamga muhtoj maktablar bilan doimiy turda aloqalar olib borish, u yerdagi o’quvchilarning bilim olishga bo’lgan qiziqishini va ko’nikmalarini oshiradi.

 

Foydali havolalar