Biologiya faniga qiziquvchi o’quvchilar bilan alohida suhbat o’tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev boshchiligida 2020-yil 30- oktyabr kuni o’tkazilgan videoselektor majlisi asosida 8- fevral kuni Umumiy biologiya va fiziologiya kafedrasining professor o’qituvchilari M.B.Jienbaeva va R.S. Serimbetovalar Beruniy tumani Nayman mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan № 52- sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida Biologiya fani bo’yicha master klass o’tdi.

Maktab direktori T.Abisheva O’zbekiston Respublikasi Prezidentining videosilektor majlisida aytgan masalalarni bajarish maqsadida Qoraqalpoq davlat universiteti Biologiya fakulteti ‘‘Umumiy biologiya va fiziologiya’’ kafedrasidan Biologiya fanidan bitiruvchilarning OTMlarida test sinovlarini natijali topshirishini taminlash uchun berkitilgan o’qituvchilar tomonidan onlayn tayyorlash kurslari tashkillashtirib, navbatdagi professor- o’qituvchilar kelganligini aytdi.

Hozirgi kunda maktabda biologiya faniga qiziquvchi o’quvchilar soni 10 o’quvchi bo’lib, ular bilan alohida suhbat o’tkazildi va o’quvchilarning bilim sifatini oshirish maqsadida, biologiya fani bo’yicha test savollari tarqatildi va shu vaqitning o’zida test savollariga javob berish kerakligi haqida aytib o’tildi.

Test natijalari M.Jienbaeva va R.Serimbetovalar tarafidan shu vaqtning o’zida tekshirib o’quvchilarga natijalari aytildi.

 

Foydali havolalar