Qoraqalpoq Davlat Universitetida Zulfiya Isroilova tavalludining 106 yilligiga bag’ishlangan adabiy badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Universitetning Ayol-qizlar bilan ishlashish bo‘yicha maslahatchisi Injayim Seytnazarova boshchiligida o‘zbek xalqining suyukli farzandi, sadoqat va vafo timsoli bo‘lgan Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 106 yilligiga bag’ishlangan «Zulfiyadan taralar ziyo» nomli adabiy badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechaga Universitetimiz talaba qizlari orasida 2020-yilgi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti» sohibalari Nazokat Ibragimova va Nazokat Sharipbayevalar mehmon bo‘lishdi. Barcha fakultetlardan yig’ilgan, Zulfiya mukofotini olish istagida bo‘lgan talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga aniq javoblar olishdi.
Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti
1- kurs talabasi Kamoladdinova Zamira