Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti kimyo-texnologiya fakultetida o‘tkazilgan voleybol sport o‘yinlarining final bosqichi.
Bugungi kunda mamlakatimiz yoshlari uchun zamonaviy bilim olish, erkin kasb tanlash hamda o’z imkoniyatlarini ruyobga chiqarish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu imkoniyat va shart-sharoitlar muxtaram prezidentimiz tomonidan ,,Yoshlarga oid davlat siyosati» to‘g‘risidagi qonunida ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib, bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda yoshlarga e’tibor masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tardi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu siyosatnining izchilligini qo‘llab-quvvatlagan holda, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya fakultetida yasharish va yangilanish fasli bo‘lgan bahorning kirib kelishi va 8-mart “xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi B.Juginisov tomonidan 1-kurs talaba qizlari o‘rtasida sportning voleybol tu’ri bo‘yicha bellashuv tashkil etildi. Bir necha kun davom etgan bellashuvning final bosqichi, kuni kecha 11-mart ku’ni bo‘lib o‘tdi. Finalda saralash bosqichidan o’tgan beshta guruh o‘z-aro g‘oliblik va ko‘chma kubog uchun kurash olib bordilar. Bir necha soat davom etgan qizg‘in o‘yinlar natijasiga ko‘ra, o‘zining chaqqonligi va o‘ynash uslubiga ega, eng sara uchta guruh sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritdi. Unga ko‘ra kimyo-texnologiya fakulteti, kimyo yo‘nalishi 1-B kurs talaba qizlari 3-o‘rinni, 1-A-kimyoviy texnologiya kurs talaba qizlari faxriy 2-o‘rinni egallagan bo’lsalar, kimyo yo‘nalishi 1-C kurs talaba qizlari 1-o‘rinni egallab, fakultet ko‘lamida mutloq g‘oliblik va ko‘chma kubogini ham qo‘lga kiritdilar. Bellashuv yakunida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yisha dekan movini G’.Sultanov, fakultetlar aro jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi R.Masharipov, kimyo-texnologiya fakulteti sport sektori rahbari Q.Qosbergenov, kimyo-texnologiya fakulteti yoshlar ittifoqi yetakchisi B.Juginisov ishtirok etib, barcha guruhlarni bugungi yutuqlari bilan tabriklab, sovrindorlarga kubok va faxriy yorliqlarni topshirdi. Va shu bilan birga komandalarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilarga ham o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan bellashuv tadbiri estalik uchun rasimga tushishlar bilan o’z yakuniga yetti.



Kimyo-texnologiya fakulteti 1-kurs talabalari
Matniyazova Shohsanam,
Jalg’asbaeva Barno.