E’LON!!!

Turkmaniston Fanlar akademiyasi va Turkmaniston Ta’lim vazirligi tomonidan 2021 yil 12-13 iyun kunlari Ashxabodda Turkmaniston Mustaqilligining 30 yilligiga bag’ishlangan «Fan, texnologiya va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish» onlayn-konferentsiyasi o’tkazilmoqda .

Konferentsiyaning ishchi tillari: turkman, ingliz va rus.

Konferentsiyaning mavzuli yo’nalishlari:

  1. Nanotexnologiya, kimyoviy texnologiya, yangi materiallarni o’rganish, energetika va texnika fanlari;
  2. Biotexnologiya, molekulyar biologiya, qishloq xo’jaligi, ekologiya va genetika;
  3. Axborot-kommunikatsiya tizimlari, kompyuter texnologiyalari;
  4. Zamonaviy tibbiyot va dori vositalari ishlab chiqarish texnologiyalari;
  5. Innovatsion iqtisodiyot;
  6. Gumanitar fanlar.

Ushbu onlayn anjumanda ishtirok etish uchun xorijiy davlatlarning ilmiy markazlari, institutlari va universitetlarining olimlari va mutaxassislari taklif etiladi.

Konferentsiya haqida batafsil ma’lumot veb-saytda joylashgan:

https://science.gov.tm/events/conf_sci_2021

Yuqoridagi veb-saytda ko’rsatilgan shaklda anjumanda qatnashish uchun ariza 2021 yil 15 aprelgacha quyidagi elektron pochta manzillariga yuborilishi kerak:

conference.tkm.june2021@gmail.com , conference.tkm.june2021@science.gov.tm

 

 

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi

Foydali havolalar