Yoshlarni amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ilm-fanni o‘zlashtirishga bo‘lgan rag‘batini oshirish, izlanuvchanlik va yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish, jahon miqyosida Vatanimiz dovrug‘ini keng taratgan, ajdodlarga munosib avlodni tarbiyalash maqsadida ,,Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning beshta ustuvor yo‘nalishi» doirasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Kimyo-texnologiya fakulteti miqyosida, marhum qiziqchi, so‘z ustasi, ,,Jayhun» QVZ jamoasi asoschilaridan biri, Ilham Saymanovning xotirasiga bag‘ishlangan ,, Kimyo texnologiya fakulteti Ilham Saymanovni unutmaydi » shiori ostida shu yilning 2-aprel kuni ,, Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Tanlov fakultet va yoshlar ittifoqi tomonidan tashkillashtirilgan bo‘lib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad har sohada izlanuvchan, teran fikrga ega, chaqqon va iqtidorli talaba yoshlarning qobiliyatini, sahna orqali yana bir bor sinovdan o’tkazishdir. Tanlovda quyidagi uchta shart bo‘yicha, jami beshta jamoa ya’ni: ,, Argon», ,,Autsayder», ,,Eksklyuziv», ,, G’ulam ag’anin’ murindiq ballari» va ,,Ayriqsha jigitler» jamoalari ,, Quvnoqlar va zukkolar» ko‘rik tanlovining fakultet ko‘chma kubogi uchun o‘zaro kurash olib bordilar. Katta qiziqish va hayajon bilan kutilgan bellashuvni fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yisha dekan muovini G’ulamjan Sultanov ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Ikki soat davom etgan qizg‘in bellashuv natijasiga ko‘ra:
,,Argon » jamoasi 3-o‘rinni, ,,Ayriqsha jigitler» jamoasi 2-o‘rinni egallagan bo‘lsalar, o‘zlarining alohida chaqqonligi va mahorati bilan ,,G’ulam ag’anin’ murindiq ballari» jamoasi 1-o‘rinni egallab, fakultet g‘olibligi va ko‘chma kubogini ham qo‘lga kiritdilar. Va shu bilan birga, ular Ilham Saymanovning haqiqiy izbosarlari ekanliklarini dalilladilar. Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. So‘ngra ushbu quvonchli kun fotosuratlarga muhrlandi .

Kimyo-texnologiya fakulteti
kimyo yo‘nalishi 1-<s>-kurs talabasi
Matniyazova Shohsanam.