Sport bilan hamnafas

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev sport sohasiga doimo o’zgacha e’tibor bilan qaragan. Chunki, bu  yurt kelajagi – yoshlar qo’lida, ularning bu zaminda tashlab borayotgan qadamlari esa ertangi kunimiz poydevori! Yurtimiz rivojiga xizmat qiladigan yoshlarning safini yanada ko’paytirish, yoshlarning har bir daqiqasini mazmunli o’tkazish maqsadida  Sanoat texnologiyasi fakultetida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga misol tariqasida esa «Sport bilan hamnafas » shiori ostida bir hafta  davomida o’tkazilgan sportning «Kichik futbol» turi bo’yicha  «Dekan kubogi» musobaqasi.

 

Musobaqa qizg’in bahslar va jarayonlardan iborat bo’ldi. Natijada esa yoshlarimizning sportga bo’lgan qiziqishi tobora ortib, sog’lom turmush tarzining naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor eslatib qo’ydi.

Musobaqa davomida yigitlarimizning chaqqonlik va chidamlilik hislatlari namoyon bo’ldi. Tadbir yakunida esa g’alaba qozongan jamoalar va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tamonidan diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Musobaqa g’oliblari quyidagi jamoalar:

 1-o’rin  3 b,c Neft va gaz jamoasi

2- o’rin 2 a,b,c Neft va gaz jamoasi

3- o’rinni  3 a Neft va gaz jamoasi  olishga muvaffaq bo’ldi.

 

Bunday musobaqalarni  ko’plab o’tkazish har bir yoshga kuch va dadillik berishi shubhasiz!

 

Sanoat texnologiyasi fakulteti

1-kurs talabasi  A.Erkinov.

 

Foydali havolalar