Davlat tili maqomidagi o‘zbek tilining hozirgi kundagi ahamiyati

 Dunyoda tillar ko‘p, lekin har bir xalq, har bir millat uchun o‘z tili qadrdon va sevimli, chunki shu tilda u bemalol muloqot qiladi, o‘z fikr-tuyg`ularini bevosita  erkin ifoda etadi. Bizning xalqimiz ham mana shunday ulug‘ baxtga erishganiga ham mana charros 30 yildan oshdi. Uzoq o‘tmish tarix uchun bu dengizdan tomchidek gap. Lekin o‘tmishga nazar soladigan bo‘lsak, ne-ne ulamolar, ilmiy xodimlar, fan arboblari o‘z ona tili bo‘la turib ilmiy ishlarini rus tillarida himoya qilganliklari, darsliklarda ham o`sha vaqtlarda deyarli ko‘pchilik atamalarning boshqa tillarda ifodalanishi juda achinarli holat, albatta.

Mana shu masalalar va O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2020-yil 28-oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084 Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Berdaq  nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti  O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan Axborot-resurs markazida “Davlat tili maqomidagi o`zbek tilining hozirgi kundagi ahamiyati” mavzusida fakultet iqtidorli talaba yoshlari bilan adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kamshat Baymenova

Berdaq nomidagiQQDU

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti

 

 

Foydali havolalar