Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Madaniyat saroyida Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti talaba-qizlari bilan “Xotin-qizlar orasida huquqbuzarlikning oldini olish va gender tengligi masalalari” yuzasidan uchrashuv tashkillashtirildi. Uchrashuvda Berdaq nomidagi QQDU rektorining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi – I. Seytnazarova, Nukus shahridagi 3-sonli Ichki ishlar Boshqarmasi profilaktika inspektori Allayar Tòreniyazov va Geografiya va tabiiy resurslar fakultetining yoshlar bilan ishlashish bòyicha dekan òrinbosari B. Toirov va fakultetning xotin-qizlar kengashi boshlig’i Sultashova Òralxan, Geografiya fakulteti ayol òqituvchilari va talaba-qizlari qatnashdi.

Uchrashuvni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektorining xotin-qizlar masalalari bòyicha maslahatchisi I. Seytnazarova ochib berdi.Talaba- qizlarga bugungi kunda xotin-qizlarning jamiyatdagi òrni, gender tengligi, sòzlashish odobi, kiyinish madaniyati, internetdan unumli foydalanish, òzaro munosabatlarda hurmat kòrsatish va òqishdan bòsh paytlarini mazmunli òtkazish maqsadida har xil adabiy kitoblar, badiiy asarlarni òqish bilan birga fan tògaraklariga qatnashish orqali chet tillarini mukammal òrganib òz bilimlarini yanada oshirish, qizlarga xos tòquvchilik, tikuvchilik, har xil pishiriqlar pishirish kabi kasb-hunar sirlarini òrgangan holda kelajakda òzlari va jamiyatimizga nafi tegadigan kadrlar bòlib yetishish uchun òz tajribalaridan kelib chiqqan holda taklif va maslahatlar berib òtdi. Keyingi sòzni Nukus shahar 3-sonli Ichki ishlar Boshqarmasi profilaktika inspektori Allayar Tòreniyazovga berdi. U esa qizlarga bugungi kunda ayol-qizlarning jamiyatda tutgan òrni, òzaro munosabatlarda hurmat kòrsatish, telegram kanallaridan tòg’ri foydalanish haqida gapirib òtdi. So’ng, Qoraqalpoq davlat universiteti psixologi – Reymbayeva Gulchehraga nutq so’zladi. U psixolog sifatida talaba-qizlar bilan bir nechta psixologik mashqlar òtkazdi, foydali maslahatlar berdi.
Fakultet xotin-qizlar kengashi boshlig’i Sultashova Òralxan hozirgi yashab turgan texnika asri butkul dunyo xalqlarining rivojlanishiga katta ta’sir òtkazayotgani, shu bilan birga, insoniyatning internet materiallariga qaram bòlib qolishiga sabab bòlib yoshlarning internetdan tòg’ri foydalanishlari orqali kòplab yomon holatlarning yuz berishini oldini olish haqida talaba-qizlarga keng tushuntirishlar berib òtdi.

Uchrashuv sònggida yoshlar òzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.
Qoraqalpoq davlat universiteti Xotin-qizlar maslahat Kengashi.