LIDER GULI SHAYX QORAQALPOG’ISTONDA

 Buyuk Britaniya Lordlar palatasi a’zosi, Lord Sheyxning umr yo’ldoshi asli samarqandlik Guli Murodova xizmat safari bilan Qoraqalpog’istonda bo’lib turipti.

U bugun Nukus shahridagi Yoshlar ishlari agentligi, “Yoshlar saroyi”da faol yoshlar hamda bir qator xotin-qizlar bilan uchrashdi.

 U Liderlik mahorati darslari, boshqaruvda gender tengligi, muloqot mahorati, xotin-qizlar tadbirkorligi, mehnat muhofazasi, etika va estetika, taym-menejment ya’ni vaqtdan unumli foydalanish, xorijiy hamkorlar bilan ishlash, jamoani shakllantirish, zamonaviy boshqaruvning axloqi va madaniyat qoidalari, zamonaviy menejment kabi ayollar liderligining o’ndan ortiq asoslari haqida o’z tajribalarini so’zlab berdi.

U bugungi kunda “WOMENS’ LEADERSHIP” xalqaro tashkiloti rahbari bo’lishi bilan bir qatorda, turli biznes g’oyalar asoschisi hamdir.

 Uning biografiyasiga nazar tashlar ekansiz, albatta, shaxsiy rivojlanish yo’lidagi o’z shiorlariga ham beixtiyor yuzlanasiz.

“Adolat va odobni o’zingizdan boshlang!”

Uchrashuv davomida talaba-yoshlarning lider Gulixonimga bergan va bermoqchi bo’lgan savollari ko‘p ekanligidan ham shuni anglash mumkinki, o’z ustida tinmay mehnat qilib cho’qqiga chiqqan insonning adolatli fikrlari hammaga ham birday qiziq.

 Aksariyat savollar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining talaba-yoshlari tomonidan berildi.

Aytish o’rinliki, motivatsiyaga boy, rivojlanish strategiyalari savodxonligi, liderlikdan liderlikkacha bo‘lgan uchrashuv ijobiy natijalarga sabab bo‘ladi. Hattoki uchrashuv so’nggidagi tasvir kuchi ham Liderlarni yaratadi va birlashtiradi. Kimdandir nimadir kutishdan oldin o’zi nimagadir qodir bo’lmoqlik ezgu fazilat.

Zero, Guli Shayx ta’biri bilan aytganda,

“Adolat va odobni o’zingizdan boshlang!”

 

O’zingizdan!!!

 

 

Dilafruz OBLOQULOVA

Universitet Xotin-qizlar maslahat Kengashi matbuot kotibi

 

Foydali havolalar