Berdaq nomidagi QQDU Xotin-qizlar Kengashi tashabbusi bilan №4-5 sonli Talabalar turar joylarida “Pazandalik sirlari” toʻgaragi ish boshladi. Toʻgarakning ochilish marosimga universitet Xotin-qizlar Kengashi raisi I.Seytnazarova , “Qizlarjon” klubi yetakchisi R.Kalimbetova, pedagog-tarbiyachilar N.Yeshjonova, A.Avezova, fakultet xotin-qizlar kengashi yetakchilari va talaba-qizlar qatnashdi.
“Pazandalik sirlari” toʻgaragiga Iqtisodiyot fakulteti 2-kurs talabasi Malika Joldasbayeva yetakchi etib belgilandi. Hozirning oʻzida klubga 100 dan ziyod qizlar aʼzo boʻldi.

Joriy yil 12-14, 16-17- aprel kunlari pazandalik sirlari boʻyicha kursning ilk darslari boʻlib oʻtdi. Dars jarayonida to’garak va o’quv kursi yetakchisi Malika Joldasbayeva ilk darsni “Ramazan oyi” da iftorlikda iste’mol qiladigan taomlarni o’rgatishdan boshladi. Shuningdek, birinchi darsini “Ramazon menyusi” deb nomladi va kurs ishtirokchilariga choko–xurmo va pizza pishirishni o’rgatdi.

Talaba-qizlar uchun ochilgan ushbu o’quv kursining birinchi darsiga universitet Xotin-qizlar Kengashi raisi I.Seytnazarova ishtirok etib ilk darsining boshlanishi bilan talaba qizlarni tabriklab,toʻgarak va kurs ishlariga rivoj tiladi. Va ushbu o’quv kursining tartib qoidalari haqida tushuntirdi.

Bu kabi to’garaklar talaba-qizlar bandligini ta’minlash bilan bir qatorda, ularni kelgusi hayotga ham tayyorlaydi, bilim-malakasini oshiradi. Mana shunday tashabbuslar sonini oshirish, qizlarni bandlik yo’lida qamrab olish aslida, asosiy muddao demak.



Universitet Xotin-qizlar maslahat Kengashi