Biologiya fakultetida «Aprel oyida tug’ilgan buyuk insonlar va shoirlar» ga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Biologiya fakulteti 1-kurs talabalari tomonidan tashkil etilgan. Shuningdek, «Ornek» MFI uyishmagan yoshlari ishtirok etishdi.
Aprel oyida Sohibqiron Amir Temur, o’zbek yozuvchilari Abdulla Qodiriy, Muhammad Yusuf, qoraqalpoq xalq shoiri Ajiniyaz Qosibay o’g’li, ingliz shoiri va dramaturg Uilyam Shekspir, taniqli teatr va kino aktyori Georgi Vitsin kabi buyuk va taniqli insonlar dunyoga kelgan. YUNESKO tomonidan tasdiqlangan Xalqaro raqs kuni aprel oyida nishonlanadi.
Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Jalg’sbay Muynakbaev ochdib berdi.
Tadbir ochilgandan so’ng Amir Temur haqidagi ma’ruzalar mehmonlarning e’tiboriga 1-s biologiya talabalari tomonidan o’qildi, keyin 1-b ekologiya,1-а biologiya,1-v biologiya ta’lim yonalishi talabalari «Otello» spektaklidan,»Kavkaz asirasi» filmidan pa’rchalalar, jonli ijroda Muhammad Yusufning «Ulug’imsan Vatanim» qo’shig’ini ijro etishdi.
Bunday tadbirlar talabalarning ma’naviy dunyosini boyitadi, ijodga qiziqish uyg’otadi.
Tauekelova Muhaddas
QDU 1-kurs talabasi
Biologiya fakulteti
«Kitapkumarlar» klubi a’zosi






