Mutaxassislikka yo’naltirish  bo’yicha uchrashuv

Beruniy tumani   xalq ta’limi bo’limiga qarashli 55- maktabda Qoraqalpoq davlat universiteti  «Fizika va Arxitektura fakultetlarining professor-o’qituvchilari bilan 2021-yil 5-may  kuni  mutaxassislikka yo’naltirish  bo’yicha uchrashuv tashkil etildi.     

           Uchrashuvni maktabning ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari G’. Xudaybergenov  ochib  berdi va olib bordi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning boshchiligida shu yili 30-oktabr kuni «Yurtimizda ta’lim-tarbiya tizimi va ilm-fan sohasining sifatini rivojlantirish masalalari”ga bag’ishlab o’tkazilgan videoselektor majlisi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabr kungi “Umumta’lim maktablarida bilim saviyasini va o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda metodik qo’llab-quvvatlash uchun biriktirilgan oliy o’quv yurtlari haqida” gi  07/1-2472-sonli qarorida ko’rsatilgan vazifalarni so’zsiz amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Qoraqalpoq davlat universiteti  «O’zbek tilshunosligi» kafedrasi  o’qituvchilari Rajapova K, M. Bobojonovlar kelganligini aytib o’tdi.

Qoraqalpoq davlat universiteti «Fizika» kafedrasi  o’qituvchisi B.Madaminov va Arxitektura fakulteti o’qituvchilari S.Seydullayev, D.Najenovlar  maktabning 11-sinf o’quvchilari bilan fizika fani, qurilish va arxitektura, dizayn va avtomobil yo’llari bo’yicha qiziqarli suhbat o’tkazishdi. Shundan so’ng shu sinf o’quvchilariga Arxitektura fakulteti  bo’yicha qo’shimcha  ma’lumotlar  berildi.

 Uchrashuv so’nggida  Beruniy tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli 55-sonli maktab direktori M.Reyimbayev, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari G’. Xudaybergenov va o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari M.Rajapbayevlar bilan Qoraqalpoq davlat universiteti «Fizika» kafedrasi  o’qituvchilari va Arxitektura fakulteti o’qituvchilari bilan mutaxassislikka yo’naltirish bo’yicha birgalikda  olib borilayotgan ishlar va oldinda turgan vazifalar haqida suhbat olib borildi.

 

 

Fizika fakulteti yoshlar bilan ishlash boyicha dekan muovini A.Yuldashev

 

 

Foydali havolalar