Teatr – ma’naviy tarbiya maskani

 

  Davlatimiz rahbari ijtimoiy , ma’naviy – ma’rifiy sohalardagi  ishlarni  yangi  tizim  asosida  yo’lga qo’yish  bo’yicha  5  ta  muhim tashabbusni ilgari surgan  edi .  Uning  ilk  bosqichlari  yoshlarga asoslangan  bo’lib , ularni  musiqa ,  rassomlik , adabiyot , teatr va san’atga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirishga  xizmat  qiladi .  Bu  borada yurtimizning  har  bir  burchagida targ’ibot ishlari olib  borilmoqda .

     Yoshlarimiz  ma’naviyatini  yuksaltirish  ,  ularda vatanparvarlik  tuyg’usini shakillantirish  hamda bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ,  Kimyo  –  texnologiya  fakultetining   talabalari   Nukus  shahridagi   “Yosh  tomoshabinlar  teatri ’’ ga spektakl  tomosha  qilish  uchun  bordik . U  yerda biz  ,, Dilafruz ”  nomli  spektakl  tomosha  qildik . Spektaklda  aktyor  va aktirisalar  ro’lini qoyilmaqom ijro etishi natijasida , tomoshabinlarni o’ziga jalb qila olishdi.  Teatrda  sahna  nutqi  ham  muhim ahamiyatga ega . U yerda musiqa ham alohida o’rin egallaydi , ya’ni , sahna asarining ta’sirini yanada kuchaytiradi.                                                                       Har bir inson kitob o’qiganida , kino yoki spektakl tomosha  qilganida  ko’z  oldida  salbiy  va  ijobiy qahramonlar  gavdalanadi.  Men  ham  bugungi spektaklni  tomosha  qilib  ,  ijobiy  qahramon sifatida mening ko’z oldimda shoir yigit gavdalandi. Uning o’zini tutishi , nutqi , shoir tabiatliligi insonni o’ziga tortar edi. Biz bunday ijobiy qahramonlardan o’zimizga  yaxshi  fazilatlarni   mujassamlashtirib olishimiz  kerak . Bugungi spektaklni tomosha qilish natijasida madaniy hordiq chiqardik . Vaqt – oqar daryodir. Uni qanday o’tkazish har bir insonning o’ziga bog’liq. Shunday ekan , bo’sh vaqtlarimizni kitob mutola qilish , sport bilan shug’ullanish , ibratli film  yoki  spektakllar  tomosha  qilish ,  foydali mashg’ulotlarga sarflashimiz nur ustiga a’lo nur bo’lar edi.

 

AZIMBOYEVA  SEVARA

                      KIMYO – TEXNOLOGIYA  FAKULTETI

                             1 –  BOSQICH   TALABASI

                             

 

 

??

Foydali havolalar