XOTIRA VA QADRLASH TALABALAR NIGOHIDA

9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakultetiga qarashli №6- sonli TTJ hovlisida “Unutmoq osonmas Sizlarni” nomli davra suhbati o‘tkazildi. Unda pedagog-tarbiyachi Klara Ernazarova, navbatchi-pedagog G.Abishov va davra suhbati mehmoni xonanda Dildora Kunuzoqovalar ishtirok etishdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘tgan ajdodlarimizni xotirlash, ularni kelajak avlod vakillari ong-u shuuriga singdirish, atrofdagi insonlarni o’z vaqtida qadriga yetish, ularning holidan xabar olish, ezgu amal birligiga da’vat qilish bo’ldi.

Shuningdek, davlat va jamiyat hayotiga o’z ulushini qo’shgan, san’at va madaniyat, adabiyot olamining gultojlari bo‘lgan, bugun oramizda bo’lmagan ajdodlarimiz ham xotirlandi.

Bejizga, xotira aziz, xotira muqaddas  deyilmaydi. Inson hayotligida qilgan amallari, yaxshiliklari bilan ezgu xotira qoldira oladi.

Shunday ekan, biz tarixni bir zum bo‘lsin unutmasligimiz kerak.

Zero, tarixiy xotirasiz – kelajak yo‘q!

 

 

Dilafruz OBLOQULOVA

QQDU Xotin-qizlar maslahat Kengashi matbuot kotibi

 

 

 

 

Foydali havolalar