Belorusiya safari: EZGU MAQSADLAR SARI

2021 yil 17-may kuni Belorusiya davlat texnologik universitetiga rektor Akhmed Reymovning rahbarligida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Universitet rektori Akhmed Reymovning boshchiligidagi delegatsiya BGTU rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida universitet rektori Igor Voytov delegatsiyani universitetning ta’lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot va xalqaro faoliyatni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari bilan tanishtirdi. BGTUning doimiy ravishda o’tkazilgan ilmiy-texnik ishlanmalar ko’rgazmasida tadqiqot va tajriba-konstruktorlik bo’limi boshlig’i Mixail Dyadenko delegatsiyaga BGTU olimlarining eng muhim ishlanmalari va talabalarining talabalar ilm-fan sohasida erishgan yutuqlarini namoyish etdi.

QQDU delegatsiyasi BGTU ning biriktiruvchi materiallarning kimyoviy texnologiyasi kafedrasi, noorganik moddalar texnologiyasi va umumiy kimyoviy texnologiya kafedrasi va fizik-kimyoviy tadqiqotlar usullari markazida bo’lishdi.

 QQDU delegatsiyasi universitetning o’quv va ilmiy faoliyati rivojlanganligini yuqori baholadilar va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Hozirda BGTU va QQDU o’rtasida 5А320401 – Kimyo texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) va 5А320305 – Kimyo sanoati va qurilish materiallari korxonolarining mashinalari hamda apparatlari ((ishlab chiqarish turlari bo’yicha) ixtisosliklari bo’yicha magistratura mutaxasissliklarining ikkinchi bosqichida (magistrlik darajasi) ikkita diplom beriladigan qo’shma ta’lim dasturlari amalga oshirilmoqda.

Tashrif davomida QQDU rektori Akhmed Reymov ushbu qo’shma ta’lim dasturi bo’yicha BGTUda tahsil olayotgan QQDU magistrantlari bilan uchrashuv o’tkazdi.

QQDU Matbuot xizmati.

 

 

 

 

Foydali havolalar