Prezidentimiz qarorining ahamiyati yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar

 

Joriy yilning 20-may kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga Gyete institutining O`zbekistondagi filiali til bo`limi boshlig`i Dildora Muxammadaminova va Gyete institutining O`zbekistondagi filiali hodimi Dilorom Ismetullaevalar tashrif buyurishdi.
Mehmonlarni universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Turdimambetov va Xalqaro aloqalar bo`limi boshlig`i Sh.Shaniyazovlar kutib olishdi.
Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad: Qoraqalpog`iston Respublikasidagi  ta`lim muassasalarida nemis tili o`qituvchilarining nemis tilini o`qitishdagi yangi innovatsion metodlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida shu yilning 21-22 may kunlari universitetimizda Gyete institutining O`zbekistondagi filiali tomonidan nemis tili o`qituvchilarining III mobil anjumanini o`tkazish.
Davra suhbati davomida Chet tillarini o`qitishda zamonaviy usullardan va chet el davlatlarining  ilg’or tajribalarni qo`llagan holda universitetimizda yetakchi nemis tili bo`yicha kadrlar tayyorlash hamda talabalar va ilmiy izlanuvchilarning malakasini oshirish bo`yicha qatnashuvchilar o`zaro fikr almashdilar.
Uchrashuvda universitetning  chet tillari fakulteti dekani Dj. Qurbanbaev ham qatnashib bugungi kunda universitetda ta`lim olayotgan nemis tili ta`lim yo`nalishi talabalari va o`qituvchilarining erishayotgan yutuqlari, shu fani o`qitish metodikasi  darsliklar va chet tillarni o`qitish auditoriyalarning jihozlanishi, haqida o`z fikrlarini biltirib o`tdi.
Uchrashuvda o’zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo’nalishlari muhokama qilindi va kelishib olindi.

Foydali havolalar