BITIRUV MALAKAVIY ISHLARI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINMOQDA

 

        Ayni damda barcha oliy ta’lim muassasalarida 4-kurs bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishi himoyasi o`tkazilmoqda. Xususan, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O`zbek filologiyasi fakulteti 4-kurs talabalari ham o`z ishlarini himoya qilmoqda.

        2020-2021 o`quv yilida O`zbek filologiyasi fakultetida 63 nafar talaba bitirish arafasida, ulardan 29 nafari bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Bitiruvchi yoshlarga fakultet dekani M.Kurbaniyazov va kafedra mudirlari kelajakda o’z kasbining yetuk mutaxassislari bo`lib yetishiga omad yor bo`lishini tiladilar.

26-iyun kuni O`zbek filologiyasi fakulteti Filologiya va tillarni o`qitish: o`zbek tili,  29-iyun Filologiya va tillarni o`qitish: turkman tili ta’lim yo`nalishlari talabalari, 30-iyun kuni esa Filologiya va tillarni o`qitish: qozoq tili ta’lim yo`nalishi bitiruvchilari o`z malakaviy ishlarini  himoya qildilar.

 

 

Kamshat Baymenova.

O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi  аssistenti.

Foydali havolalar