❇️Bilgani matonat, yo‘ldoshi fidokorona mehnat bo‘lgan ustozlarga ehtirom
1-oktabr «Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining bir guruh professor-o’qituvchilari va nuroniy ustozlari ishtirokida tadbir oʻtkazildi.
Tadbirni universitet rektori A.Reymov o’z nutqi bilan ochib berdi.

Har yilgidan oʻzgacha ruhda tashkillashtirilgan tadbir bir payola choy ustida qizgʻin suhbatlar bilan davom etdi.
Mazkur musiqiy-badiiy tadbir orqali, ustoz va murabbiylarning jamiyatimizda tutgan o‘rni, nufuzi, yosh avlodga berayotgan munosib shaxsiy ibrati yana bir bor e’tirof etildi.
Mamlakatimizning barcha sohalari boʻyicha yetuk va malakali kadrlarni tayyorlab berayotgan Qoraqalpoq davlat universitetining eng munosib ustoz va professor o‘qituvchilariga yuksak ehtirom koʻrsatildi.



Bilgani matonat, yo‘ldoshi fidokorona mehnat bo‘lgan ustozlar sharafiga eng samimiy tilaklar yangradi. Ular universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar.



Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
QQDU Matbuot xizmati