O’zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Z.Ibragimova tomonidan “O’zbek tilining dunyo tillari miqyosida egallagan mavqeyi” mavzusida seminar-trening tashkil qilindi.
Bunda 1-kurs magistrantlari F.Mo’minov “O’zbek tilining jahon miqyosida o’rganilishi” mavzusida Amerika, Turkiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya kabi qator rivojlangan davlatlarning universitetlari misolida o’zbek tilining o’qitilishi bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, o’zbek tilining bugungi kunda o’rganilishi, targ’ib qilinishi xususan, Qoraqalpog’istonda yashaydigan turkiy xalqlar o’rtasida davlat tili sifatida qoraqalpoq tili bilan birgalikda teng mavqega ega ekanligi haqida to’xtalib o’tildi. Ommaviy axborot vositalarida teleko’rsatuvlar va yangiliklar o’zbek va qoraqalpoq tillarida olib borilayotganligi haqida mulohazalar qilindi.


Odilbek Ashirov
O’zbek tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi