“Bir million dasturchilar” loyihasida qatnashib, bepul kurslar yordamida yuqori malakali dasturchiga aylanishingiz mumkin

О‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi tomonidan 2021 yil 15 fevralda 08/1-34-son bilan tasdiqlangan “Bir million dasturchilar” loyihasida 2021-2022 yillarda 300 ming nafar yoshlarni kompyuter dasturlash asoslariga bepul о‘qitish bо‘yicha sohaga qiziqadigan yoshlarni aniqlash, о‘qitish va ish bilan ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturining 3-bandida “Bir million dasturchilar” loyihasi doirasida muvaffaqiyatli bitirgan oliy ta’lim, о‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari о‘quvchilarini axborot texnologiyalari sohasidagi fanlar bо‘yicha mustaqil ish sifatida joriy qilingan baholash tizimi orqali loyihaga jalb qilish vazifasi belgilangan.

О‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari uchun “Bir million dasturchilar” loyihasi doirasida о‘quv kurslarini muvaffaqiyatli bitirgan oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda akademik litsey va professional ta’lim muassasalari о‘quvchilarining mustaqil ishi sifatida tasdiqlangan hamda Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 noyabrdagi 87-03-4555-son xati bilan ta‘lim jarayoniga joriy etilgan.

Shu munosabat bilan “Bir million dasturchilar” (https://uzbekcoders.uz/register)  loyihasiga qatnashishingiz so’raladi. “Bir million dasturchilar” loyihasida ochiq onlayn-platformasida ajoyib bepul kurslar yordamida yuqori malakali dasturchiga aylanishingiz mumkin.

Foydali havolalar